USTOZNI ESLAB
Kalit so‘zlar:
Chin inson, chin doʻst, chin olim, chin murabbiy mexribon ustozimiz Joʻraqulov Gʻayrat Ne’matovichning ruhlari shod, ohiratlari obod, manzil maqomlarini jannatmakon aylasinAbstrak
Kechagina yonimizda yurgan yaqin odamimiz, ustozimiz xaqida oʻtgan zamonda gapirish juda ogʻir ekan. Shu ma’noda Andijon davlat universitetining zabardast olimlaridan biri mehribon ustozimiz Joʻraqulov Gʻayrat Ne’matovich xaqida oʻylaganimda yuqoridagi kechirma doimo vujudimni oʻrab olganday tuyiladi. Domla chin ma’noda haqiqiy olim va inson edi. Ayniqsa barchalarga yaxshilik sogʻinishi meni doimo astoydil maftun etib kelgan va shu insonga shogird boʻlishimning birinchi omili boʻlgan. Ayniqsa, domlaning dilkashligi, odamoxunligi koʻpchilik bilan doʻstlik rishtalarini mustaxkam bogʻlanishiga sabab boʻlgan fazilatlardan biri edi. Jamoamizdagi koʻplab professor-oʻqituvchilar Gʻayrat Ne’matovich deyishganda har qanday sharoitda ham doʻst boʻlishga qodir, yuragi toza, mehr-muhabbatli hamkasbini tasavvur etib kelishgan. Darhaqiqat, biz bugun xotirlayotgan domlamiz Gʻayrat Joʻraqulov ana shunday ezgulik yoʻlida yashab, yaxshilikning roʻyobi yoʻlini oʻzining yashash tarziga aylantira olgan dilbar insonlardan edi.
Downloads
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Gʻulomov Gʻafurjon Shavkatbek oʻgʻli

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.