RAQAMLI DAVRDA MUALLIFLIK HUQUQI: HIMOYA VA ZAMONAVIY MUAMMOLAR

Mualliflar

  • Cho'tbayev Sh.D O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Toshkent shahar filiali bosh maslahatchisi
  • Tojiyev X.Y O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Surxondaryo viloyat filiali bosh maslahatchisi
  • Jo'rayev B.P O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Sirdaryo viloyat filiali bosh maslahatchisi

Kalit so‘zlar:

Intellektual mulk, kiberhuquq, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, plagiat, huquqiy himoya

Abstrak

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual mulk va mualliflik huquqining transformatsiyasi tahlil qilinadi. Unda an’anaviy mualliflik tushunchasining raqamli formatga o‘tishi, ya’ni asarlarning binar kod shaklida ifodalanishi natijasida ularni cheksiz nusxalash imkoniyati yuzaga kelgani yoritilgan. Shuningdek, NFT va blokcheyn texnologiyalari orqali raqamli obyektlarga egalik huquqini mustahkamlashga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada raqamli piratlik muammosi, uning global tarmoqlarda tezkor tarqalishi va mualliflar iqtisodiy manfaatlariga salbiy ta’siri alohida tahlil etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda “xavfsiz bandargoh” prinsipi asosida platformalarning javobgarligi masalasi ham muhokama qilinadi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi mualliflik huquqida yangi huquqiy muammolarni keltirib chiqarayotgani, xususan, AI tomonidan yaratilgan asarlar muallifligi va ma’lumotlardan foydalanish masalalari ochib beriladi. Tadqiqotda mualliflik huquqini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari sifatida DRM tizimlari, raqamli suv belgilaridan foydalanish hamda qonunchilikni modernizatsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Xulosa sifatida raqamli muhitda intellektual mulkni samarali himoya qilish innovatsion rivojlanish va madaniy xavfsizlikning muhim omili ekanligi ta’kidlanadi

References

I. Normativ-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – 80 b.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (lex.uz), 2006-y. (tahrir: 2021-y. 20-avgust).

Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi. (1886-yil 9-sentyabr). – O‘zbekiston Respublikasi uchun 2005-yil 19-apreldan kuchga kirgan.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (WIPO) “Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasi” (WCT). – Jeneva: 1996.

II. Ilmiy adabiyotlar va darsliklar:

Gulyamov S. S. Raqamli iqtisodiyotda intellektual mulk huquqi: darslik. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021. – 256 b.

Rustambekov I. R. Xalqaro intellektual mulk huquqi: darslik. – Toshkent: TDYU, 2018. – 180 b.

Goldstein P. Copyright’s Highway: From Gutenberg to the Celestial Jukebox. – Stanford University Press, 2003. – 256 p.

Lessig L. Free Culture: How Big Media Uses Technology and the Law to Lock Down Culture and Control Creativity. – New York: Penguin Press, 2004. – 352 p.

III. Davriy nashrlar va elektron resurslar:

WIPO Magazine. Copyright in the Age of Artificial Intelligence. [Elektron resurs]. URL: https://www.wipo.int/wipo_magazine/

Statista Reports. Global Digital Piracy Trends and Statistics. [Elektron resurs]. URL: https://www.statista.com/

Yevropa Ittifoqi Direktivasi. 2019/790 “Digital Single Market” doirasidagi mualliflik huquqi to‘g‘risida. [Elektron resurs].

URL: https://eur-lex.europa.eu/

Nashr qilingan

2026-03-19

How to Cite

RAQAMLI DAVRDA MUALLIFLIK HUQUQI: HIMOYA VA ZAMONAVIY MUAMMOLAR. (2026). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 3(3), 13-16. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3953