ZAMONAVIY GENETIKA VA GENOMIKADA IRSIY KASALLIKLARNI OʻRGANISH VA UNGA QARSHI KURASHISHNING AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.69891/Kalit so‘zlar:
Zamonaviy genetika irsiy kasalliklar gen mutatsiyalari molekulyar diagnostika genetik maslahat profilaktika individual tibbiyot DNK texnologiyalari biomarkerlar erta diagnostikaAbstrak
Ushbu maqola zamonaviy genetika va genomika fanlarining irsiy kasalliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish mexanizmlarini oʻrganish va oldini olishdagi ahamiyatini yoritadi. So'nggi o'n yilliklarda biologiya va tibbiyotning rivojlanishi genomika fanini alohida ahamiyatga ega yoʻnalishga aylantirdi. Genomika organizmning to'liq genetik axborotini, DNK ketma-ketligini, genlar va xromosomalar funksiyasini oʻrganadi. Inson genomining aniqlanishi irsiy kasalliklarning molekulyar sabablari va ularning nasldan-naslga o'tish mexanizmlarini chuqur tushunishga, shuningdek, erta tashxis va individual davolash imkoniyatlarini yaratishga zamin berdi. Molekulyar diagnostika, gen tahlillari va innovatsion texnologiyalar yordamida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkoniyatlari kengaygani ta'kidlanadi. Shuningdek, genetik maslahat, profilaktika va individual tibbiyot yondashuvi irsiy kasalliklarga qarshi samarali kurashishda muhimligi koʻrsatib berilgan. Irsiy kasalliklar genetik mutatsiyalar, xromosomal oʻzgarishlar yoki koʻp omilli ta'sirlar natijasida yuzaga keladi va organizmning turli tizimlariga ta'sir qilishi mumkin. Ularning aniqlash va davolashdagi qiyinchiliklari, shuningdek, profilaktika imkoniyatlarining oshishi genomik tibbiyotning dolzarbligini oshiradi. Maqola genetikaning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati ortib borayotganini asoslaydi.References
A.K Kurbanov, P.K Khalikov, L.A Shigakova, Sh.A Islamova... - International Journal of Scientific Trends, 2022 Impact of prolonged exposure of piretroid pesticides on the thyroid function of the pregnant rats and their off spring
A.Xalikov P.X. "Cytogenetic method and human genetic inheritance". Toshkent. 2004 .
Abdug'ani Abdullayev Umumiy biologiya – 1992-yil Odam genetikasi – 1998-yil
Juravlyova R.A. “Management of medical parasitology”. Tashkent. 2004 .
Sodiq Azimov. Tibbiy biologiya – 2001-yil Genetika va ekologiya – 2005-yil
To'raqul Yo'ldoshev Genetika asoslari – 1980-yil Irsiyat va oʻzgaruvchanlik – 1985-yil
Ubay Orifov.Biofizika asoslari – 1968-yil. Yadro va kosmik nurlar fizikasi – 1975-yil
Zokova N. B., and Islomova Sh.A "the effect of prolonged exposure to pyrethroid pesticides on thyroid functions of pregnant rats and their offspring" (2020).
Ахмедова НР, доктор искусствоведения Базарбаева СМ, доктор технических наук Битокова СХ, доктор филологических наук. – 2024.
Ибрагимов, Д. Д., Мардонова, Н. П., Исматов, Н. С., & Кучкоров, Ф. Ш. (2023).
Марданова Н. П., Кудратова Н. Б., Фарходов Ё. Ф. Жағ кисталарини даволашда тромбоцитлар билан тўйинган фибриннинг қўллаш авзаллиги. MedUnion.