So`nggi yilllarda ta`lim sohasiga bo`lgan e`tibor tubdan o`zgardi. Ta`limga bo`lgan e`tibor esa o`z navbatida uning ajralmas qismi hisoblangan o`qituvchilarga bo`lgan e`tiborni ham o`zgarishiga sabab bo`ldi. Shu boisdan bugungi yosh kadrlar orasida aynan ustoz– murabbiylik kasbini egallashni xohlovchi yoshlar soni tobora oshib bormoqda. Xorijiy davlatlarning ta`lim tizimiga va o`qituvchilarga berilayotgan e`tibor bilan o`zimizdagi imkoniyatlarni solishtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, bizning ta`lim tizimimiz ko`zlangan maqsadlarga erishish uchun hali ancha pog`onalarni bosib o`tishi darkor. Bu yo`lda o`qituvchi-pedagoglarga bo`lgan hurmat va ularning jamiyatdagi o`rnining yanada yaxshilanishi juda muhim omil hisoblanadi. Mazkur tamoyil ta`lim tizimimiz rivojlanishining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.