Ushbu maqolada Juglans regia (yong‘oq) o‘simligining kimyoviy tarkibi o‘rganildi. Yong‘oq mevasining tarkibidagi mikro va makro elementlar, yog‘lar, oqsillar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yong‘oqning xalq xo‘jaligidagi iqtisodiy ahamiyati va uning oziq-ovqat sanoatidagi qo‘llanishi batafsil yoritilgan. Yong‘oqning tarkibiy qismlariga kimyoviy tahlillar yordamida batafsil tavsif berildi va uning qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatlari o‘rganildi. Ushbu maqola, yong‘oq mahsulotlarini sanoatda samarali qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy ishlanmalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.