Pedagogika oliy oʼquv yurtlarida falsafa, etika, estetika, mantiq, psixologiya, matematika va boshqa fanlardan saboq beriladi. Lekin ular har bir soha ixtisoslik fanlariga moslashtirilgan tarzda oʼqitilmaydi. Shu qatorda, mantiq fani barcha sohalar kabi pedagogika universitetlarida ham oʼrgatiladi, lekin oʼsha mutaxassislikni oʼziga xos tomonlari hisobga olinib oʼrgatilishi lozim.