Mazkur maqolada bodringni issiqxona sharoitida yetishtirishda biogumusning og‘ir metallar akkumulyatsiyasini oldini olishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Bunda, 3-5 kg/m2 biogumus ta’sirida tuproqda xarakatchan og‘ir metallar miqdori kamayib, tuproq ko‘pchilik metallar bo‘yicha o‘rtacha ta’minlangan holatga kelganligi aniqlangan. Demak, biogumus tuproqning buferlik xossasini oshirib uning tarkibidagi og‘ir metall kationlari uchun sorbent vazifasini o‘taydi. Bodring yetishtirishda biogumusdan foydalanish asosan issiqxona tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin, kadmiy, kobalt, rux va misning harakatchan shakldagi miqdorini keskin pasaytiradi.