Gossypium avlodi vakillari barglarining tuklanish darajasi turlicha bo‘ladi. Yovvoyi G.tomentosum Nutt. ex Seem. turida bu belgi o‘ziga xos burama ko‘rinishga ega. Bu tur ishtirokidagi turlararo duragaylarning bekkross o‘simliklarida tuklanish zichligi yuqori bo‘lib, yovvoyi turga xos burama tuklanish zararkunanda sonining kam bo‘lishini ta’minlaydi. Tuklanishning bu turining avlodlarda irsiylanishi va saqlanib qolishini o‘rganish uchun tadqiqotlarimizda introgressiv tizmalarni oddiy tuklanishli tizma bilan duragaylash orqali burama tuklanish va tuklar sonining irsiylanishida dominant allellar va yordamchi genlar soni katta ahamiyatga egaligi, barg qalinligining sitoplazmatik genlar bilan nazorat qilinishi aniqlandi. Bargning 1 mm2 sathidagi tuklar soni belgisi genetik tahlil qilindi va avlodlarda tuklanishning «burama» tipi to‘liq dominant bo‘lib, u geterozigota holatda «burama» fenotip namoyon qilishi, F2 dagi tuklanish tabiati bo‘yicha burama tipli tizmalar oddiy tuklanish tipiga ega bo‘lgan tizma bilan bir genning allel holatlari bo‘yicha farqlanishi isbotlandi.