Barcha asosiy adabiyotlarda Gorner sxemasi ko‘phad uchun berilgan. Ko‘phadlarning ildizlarini topish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ko‘plab matematik masalalarni yechish ko‘phadning ildizlarini o‘rganish masalasiga olib keladi. Albatta, Gorner sxemasi bunda muhim ahamiyatga ega. Keltirilgan Gorner sxemasini kvadrat uchhad uchun sodda ko‘rinishga keltirilishi ko‘plab masalalarni yechishda, teorema, lemma, xossalar va natijalarni isbotlashda xizmat qiladi. Shuningdek undagi ma’lumotlar, xulosalar, nazariy umumlashtirishlar Gorner sxemasini qo‘llash, umumlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada kvadrat uchhad uchun Gorner sxemasi keltirilgan bo‘lib, undan foydalanib ko‘phadlarga va sodda kasrlarga ajratishga doir masalalar yechib ko‘rsatilgan. Bundan tashqari ratsional kasrni sodda kasrga ajratishda, matematik analizda ratsional kasr ko‘rinishdagi aniqmas integrallarni hisoblashni osonlashtirish maqsadida foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.