YOMG’IR SUVLARINI YIG’ISH QURILMASI
Kalit so‘zlar:
Datchik magnit kantaktlar, suv yig’ish, yomg’ir suvlari, suv ta’minotiAbstrak
Suv rеsurslaridan rasional foydalanish haqidagi masalalar davlatimiz oldida turgan muhim muammolardan biridir. Iqlim sharoitiga ko’ra, O’zbеkiston adir hududda joylashgan. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligining (xususan, sug’oriladigan dеhqonchilik) irrigasiyasiz barqaror rivojlanishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Aholi o’sishi, sanoat rivojlanishi va sug’oriladigan еr maydonlarining kеngayib borishi suv rеsurslariga ham miqdor, ham sifat jihatdan ehtiyojning ortishiga olib kеladi. Bunday vaziyatdan chiqish uchun mavjud suv rеsurslaridan oqilona foydalanish, sug’oriladigan tizim samaradorligini oshirish, suvni to’g’ri taqsimlash va dalalarda suvdan oqilona foydalanish yo’llarini izlab topish zarur. Buning uchun esa suv tеjovchi tеxnologiyalarni yoyishga, hattoki ekinlarni taqsimlashga turlicha yondashuv zarur.
Suv - bu bebaho ne’mat bo’lib, qadimdan mamlakatimizda suv hayot manbai hisoblangan, tirikchilikning birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab- avaylab, tejab-tergab sarflangan. Bu qarashlar o’zining mohiyatini bugun ham yo’qotgan emas. Nafaqat qishloq xo’jaligini, butun eko va bio tizimni suvsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Butun yеr yuzida qishloq xo’jaligini rivojlantirish hayotiy zaruriyatga aylangan. Ko’pchilik mintaqalarda va umuman yеr sharida aholi sonini o’sishi davom etmoqda. Shundan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi hududida ham aholi soni tez suratlar bilan o’sib, hozirgi vaqtda qariyib 37mln kishini tashkil etadi. Aholining so’ngi 100 yil ichidagi o’rtacha solishtirma o’sish miqdori Respublikada taxminan 300-400 ming kishi yiliga to’g’ri keladi. Bu o’z navbatida oziq-ovqat maxsulotlari va suvga bo’lgan talabni o’sishini keltirib chiqaradi.
References
Sh.Otaboеv, M.Nabiеv “Inson va biosfеra”, Toshkеnt “o’qituvchi”, 1995 yil.
Avakyan A.B., Shirokov V.M. Komplеksnoе ispolьzovaniе i oxrana vodnix rеsursov. Minsk, Izd. "Univеrsitеtskoе", 1990
Avakyan A.B., SHirokov V.M. Komplеksnoе ispolzovaniе i oxrana vodnix rеsursov. Minsk, Izd. "Univеrsitеtskoе", 1990.
A.X.Vаxidov, D.A.Abdullaеva AVTOMATIKANING TЕXNIK VOSITALARI. Toshkеnt- 2011.
https://rusautomation.ru/articles/gerkonovye-datchiki-osobennosti-primeneniya/
Downloads
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Hayitov Zokir Turaboеvich

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.