FERULA KUHISTANICA OʻSIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN ENDOFIT ZAMBURUGʻLARDAN AJRATIB OLINGAN IKKILAMCHI METABOLITLARNING ANTIBAKTERIAL FAOLLIGI
Abstrak
Bugungi kunda olimlar, mutaxassislar va klinik tadqiqotchilar tomonidan antibiotiklarga
chidamli mikroorganizmlarga qarshi samarali bo‘lgan yangi antibakterial birikmalarni izlash
ishlari faol olib borilmoqda. Tibbiyot tarixida endofit zamburug‘lar tomonidan sintez qilinadigan
ikkilamchi metabolitlar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, Penicillium chrysogenum
tomonidan ajratib olingan penitsillin antibiotigi mikrobial infeksiyalarga qarshi kurashda inqilobiy
ahamiyat kasb etgan va millionlab insonlarning hayotini saqlab qolgan. Hozirgi kunda ko‘plab
olimlar dorivor o‘simliklardan ajratib olingan endofit mikroorganizmlar, xususan, zamburug‘lar
tomonidan sintez qilinadigan ikkilamchi metabolitlar ustida chuqurlashtirilgan tadqiqotlar olib
bormoqda. Ushbu metabolitlarning turli biologik faolliklari, jumladan, antibakterial, antifungal,
antioksidant va sitotoksik xususiyatlari aniqlanmoqda. Biz olib borgan tadqiqotlarda O‘zbekiston
hududida hali to‘liq o‘rganilmagan dorivor o‘simliklardan biri bo‘lgan Ferula kuhistanica
o‘simligining endofit zamburug‘lari ustida izlanishlar olib borildi. Mazkur o‘simlik qadimdan xalq
tabobatida, shuningdek, zamonaviy fitoterapiyada keng qo‘llanib kelinadi. Uning tarkibidagi
biofaol birikmalar turli kasalliklarning oldini olish va davolashda qo‘llaniladi. Jumladan, Ferula
kuhistanica teri yallig‘lanishlari, yiringli jarohatlar va dermatitlarda tashqi surtma shaklida
ishlatiladi. Shuningdek, nafas yo‘llari infeksiyalarida (bronxit, faringit), oshqozon-ichak
muammolarida (dizenteriya, diareya) damlama yoki kukun tarzida ichki iste’mol qilinadi. Bundan
tashqari, revmatizm, artrit va bo‘g‘im og‘riqlarida ham foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish
tizimida esa oshqozon-ichak faoliyatini me’yorlashtirish, meteorizm, ich qotishi kabi holatlarda
keng qo‘llaniladi. Xalq tabobatida esa bu o‘simlik ildizidan tayyorlangan damlama hazmni
yaxshilovchi vosita sifatida mashhurdir. Tadqiqotimiz davomida Ferula kuhistanica o‘simligining
turli organlaridan ajratib olingan endofit zamburug‘lar tomonidan sintez qilingan ikkilamchi
metabolitlar ajratib olinib, ularning antibakterial potensiali baholandi. Buning uchun agar disk
diffuziyasi usulidan foydalangan holda, bir nechta shartli patogen bakteriyalarga nisbatan
antibakterial faolligi tahlil qilindi. Sinov uchun ikki xil Gram-musbat bakteriya (Bacillus subtilis
RKMUz-5 va Staphylococcus aureus ATCC 25923) hamda ikki xil Gram-manfiy bakteriya
(Pseudomonas aeruginosa ATCC 27879 va Escherichia coli ATCC 27879) tanlab olindi. Tadqiqot
natijasida Ferula kuhistanicadan ajratib olingan 5 xil izolyatning 1-izolyatda faollik kuzatilmadi.
2-izolyat Bacillus subtilis va Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan faollik namoyon etdi, biroq
boshqa bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatmadi. 3-izolyat barcha sinov bakteriyalariga nisbatan ma’lum
darajada faollikka ega bo‘ldi. 4- va 5-izolyatlarda antimikrob xususiyat aniqlanmadi. Nazorat
sifatida qo‘llangan ampitsillin Gram musbat bakteriyalarga, gentamitsin esa faqat Gram manfiy
bakteriyalarga nisbatan sinov qilindi
Downloads
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 S.N.Madaminov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.