SHOLINI QURITISHDA INFRAQIZIL KONVEKTIVLI QURITISH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • Rajabov G‘.B TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Kalit so‘zlar:

Tajriba natijasida sholini infraqizil nurlar yordamida quritishda, namlikning quritish davomiyligiga bog’liqlik grafigi keltirib chiqarildi.

Abstrak

     

Quritish – bu mahsulot tarkibidagi ozuqaviy va foydali xossalarni saqlab qolishning eng dolzarb usullaridan biri hisoblanadi. Quritishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ular mahsulot tarkibidagi namlikni fizik-mexanik usul yordamida atrof-muhitga tarqalishiga asoslangan. Bu usullarning asosiy kamchiligi mahsulot ichki yuzasidan namlikni tashqi yuzasiga bug‘lanish tezligi bo‘lib, atrof muhit agregat holatini o‘zgartiradi. Ushbu mexanizm materialni namlik bilan bog‘lanish energiyasi, formasi va miqdoriga bog‘liq [1,2]. Infraqizil quritish oziq-ovqat mahsulotlarini quritishning zamonaviy usuli bo‘lib, mahsulot sifatini buzmasdan va uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi. Oziq – ovqat mahsulotlarini infraqizil konvektiv quritish qurilmasida quritish texnologik jarayon bo‘lib, belgilangan infraqizil nurlarning to‘lqin uzunligi namlikni o‘ziga yutishiga asoslangan. Lekin infraqizil (IQ) nurlar quritilayotgan mahsulot yuzasidagi yupqa qatlamni yutmaydi, shuning uchun IQ quritish (100 0C) gacha bo’lgan temperatura oralig‘ida ishlatish mumkin, bu esa mahsulot tarkibidagi vitaminlar, biologik aktiv moddalar, tabiiy rangi, ta’mini saqlab qolishga yordam beradi. [3,4]. Mahsulotlarni IQ quritish mahsulot boshlang’ich turiga qarab uning hajmi 3-4 marta va massasini 4-8 martagacha kamayishiga olib keladi [5]. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida sholini quritishda infraqizil konvektiv quritish qurilmasini takomillashtirish va quritishning optimal parametr va rejimlarni topib, mahsulot tarkibidagi foydali moddalarni saqlab qolgan holda uning saqlash muddatini uzaytirishdan iborat. Tadqiqot obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasida yetishtiriladigan navlardan “Guliston” navi tanlab olindi. Tajriba qurilmasi 1 – rasmda keltirilgan.

References

Завалий А.А., Лаго Л.А., Рыбалко А.С. Устройство инфракрасной сушки сельскохозяйственного сырья при пониженном давлении // АВУ. 2017.

№6 (160). URL: cyberleninka.ru/article/n/ustroystvo-infrakrasnoy-sushkiselskohozyaystvennogo- syrya-pri-ponizhennom-davlenii.

Алексанян И.Ю., Давидюк В.В., Артемьева Н.Н. Новые технологии сухих продуктов животного и растительного происхождения // Известия вузов. Пищевая технология. 1998. №2-3. URL: cyberleninka.ru/article/n/novyetehnologii-suhih- produktov-zhivotnogo-i-rastitelnogo-proishozhdeniya.

Гинзбург, А. С. Инфракрасная техника в пищевой промышленности/А.С. Гинзбург. – М.: Пищевая промышленность, 1996. – 407 с.

Киселева, Т.Ф. Технология сушки: учебно-методический комплекс/Т.Ф. Киселева. – Кемерово: КТИПП, 2007. – 117 с.

Плаксин, Ю.М. Производство и применение добавок из растительного сырья с использованием новых физических методов: учебное пособие/Ю.М. Плаксин, М.В. Гончаров, М.Г. Куликова. – М.: МГУПП, 2007. – 120 с.

Downloads

Nashr qilingan

2025-07-01

How to Cite

SHOLINI QURITISHDA INFRAQIZIL KONVEKTIVLI QURITISH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(5.2), 89-90. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3040