OG’IR METALLARNI BIOLOGIK USULDA TOZALASH

Mualliflar

  • Tursunov Muhammadali ADU
  • Maxbubova Ruxshona Oybek qizi ADU

Kalit so‘zlar:

og‘ir metallar, biologik tozalash, bioremediatsiya, biosorbsiya, bioakkumulyatsiya, fitoremediatsiya, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi

Abstrak

Ushbu maqolada og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob, nikel, xrom va boshqalar)ning atrof-muhit va inson salomatligiga zararli ta’siri hamda ularni biologik usullar yordamida tozalash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bioremediatsiya, biosorbsiya, bioakkumulyatsiya va fitoremediatsiya kabi texnologiyalar o‘rganilib, ularning samaradorligi haqida ma’lumot beriladi. Xususan, mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug‘lar), shuningdek, ayrim o‘simlik turlari og‘ir metall ionlarini yutish va zararsizlantirish qobiliyatiga ega ekani ilmiy dalillar asosida keltiriladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, biologik usullar iqtisodiy jihatdan arzon, ekologik xavfsiz va uzoq muddatli yechim sifatida ahamiyatga ega. Xulosa sifatida, og‘ir metallarni kamaytirishda biologik texnologiyalarni keng qo‘llash zarurligi ta’kidlanadi.

References

Gadd G.M. (2009). Biosorption: critical review of scientific rationale, environmental importance and significance for pollution treatment. Journal of Chemical Technology & Biotechnology.

Salt D.E., Smith R.D., Raskin I. (1998). Phytoremediation. Annual Review of Plant Physiology and Plant Molecular Biology.

Volesky B. (2007). Biosorption and me. Water Research

Nashr qilingan

2025-10-10

How to Cite

OG’IR METALLARNI BIOLOGIK USULDA TOZALASH. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(10), 17-19. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3592