MAGNIT MAYDON VA ATOMAR KISLOROD: ORBITADAGI YASHIRIN QARSHILIKLAR
Kalit so‘zlar:
sun’iy yo‘ldosh, orbital pasayish, atomar kislorod, ionosfera, magnit maydon, Amper kuchi, Lorens kuchi, plazma, XKS, atmosfera qarshiligiAbstrak
Ushbu maqolada Yer atrofida past balandliklarda harakatlanuvchi sun’iy yo‘ldoshlar orbitasining pasayishiga olib keluvchi yashirin qarshilik omillari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — an’anaviy atmosfera qarshiligidan tashqari, atomar kislorod va Yer magnit maydonida yuzaga keluvchi elektrodinamik kuchlarning yo‘ldoshlar harakatiga ta’sirini aniqlashdir. Tadqiqotda Nyuton mexanikasi, energiyaning saqlanish qonuni, kinetik va potensial energiyalar tahlili, shuningdek, Lorens va Amper kuchlariga asoslangan nazariy hisob-kitob metodlaridan foydalanilgan. Xalqaro kosmik stansiya (XKS) parametrlari misolida ishqalanish kuchlari, atomar kislorod ionlari bilan to‘qnashuvlar hamda magnit maydonda hosil bo‘ladigan toklarning orbital pasayishga qo‘shgan hissasi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 300–400 km balandliklarda neytral atmosfera molekulalari ta’siri yetarli bo‘lmay, asosiy tormozlovchi omil atomar kislorod ionlari hisoblanadi. Magnit bo‘ronlari vaqtida bu ta’sir yanada kuchayadi. Xulosa sifatida, kosmik fazo mutlaq bo‘shliq emasligi, balki plazma va magnit maydon bilan to‘la faol muhit ekanligi isbotlanadi hamda ushbu bilimlar kelajakdagi kosmik apparatlarni loyihalashda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatiladi.
References
Qodirov M. Kosmik fizika asoslari va sun’iy yo‘ldoshlar harakati. – t.: fan, 2015. – bet 215. (Kosmic physics fundamentals and satellite motion)
Abdullayev A., Karimov B. yer atmosferasining yuqori qatlamlari fizikasi. – t.: o‘zbekiston, 2018. – bet 178. (Physics of the upper atmosphere of the earth)
Chapman S., Cowling T. G. the mathematical theory of non-uniform gases. – cambridge: cambridge university press, 1970. – p. 423. (математическая теория неоднородных газов)
Banks p. M., Kockart a. E. Aeronomy. – New York: academic press, 1973. – p. 355. (Аэрономия)
Wertz J. R., Larson W. J. space mission analysis and design. – dordrecht: microcosm press, 1999. – p. 969. (Анализ и проектирование космических миссий)
Parker E. N. Interplanetary dynamics. – New York: wiley, 1963. – p. 272. (Межпланетная динамика)
Hastings D., Garrett H. Spacecraft–environment interactions. – cambridge: cambridge university press, 1996. – p. 344. (Взаимодействие космических аппаратов с окружающей средой)
Schunk R. W., Nagy A. F. Ionospheres: physics, plasma physics, and chemistry. – cambridge: cambridge university press, 2009. – p. 628. (Ионосферы: физика, плазменная физика и химия)
Kelley M. C. The earth’s ionosphere: plasma physics and electrodynamics. – san diego: academic press, 2009. – p. 556. (Ионосфера земли: плазменная физика и электродинамика)
Chen F. F. Introduction to plasma physics and controlled fusion. – New York: springer, 2016. – p. 421. (Введение в физику плазмы)
Prölss G. W. Physics of the earth’s space environment. – berlin: springer, 2004. – p. 540. (Физика космической среды земли)
Vallado D. A. Fundamentals of astrodynamics and applications. – new york: microcosm press, 2013. – p. 1106. (Основы астродинамики и приложения)