SOVET DAVRIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINING TURLI YO‘NALISHLARIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA ISHTIROKINING RIVOJLANISHI (tarixiy tahlil)

Mualliflar

  • Ubaydullayeva Shahlo Abdullayevna O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti

Kalit so‘zlar:

akusher-ginekologiya sohalari rivojida xotin-qizlarning

Abstrak

Ma’lumki, tibbiyot va sog‘liqni saqlash masalasi har qanday jamiyatning sog‘lom demografik rivojlanishi, aholi salomatligini saqlash va kelajak avlodning barqaror o‘sishi uchun asosiy ijtimoiy-tarixiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrning o‘rtalarida jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, tibbiy xizmatni ommalashtirish va profilaktik yo‘nalishni kuchaytirish zarurati sog‘liqni saqlash tizimining turli tarmoqlarida aholi salomatligini muhofaza qilish alohida ustuvor yo‘nalish sifatida shakllangan. Bunda ayniqsa, bu davrda akusher-ginekologiya va pediatriya sohalari nafaqat klinik amaliyot doirasida, balki aholi salomatligiga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy yo‘nalish sifatida ham kengaydi. Mazkur jarayonlarda xotin-qizlarning ishtiroki tobora ortib, ular tibbiyotning ushbu tarmoqlarida shifokor, hamshira, feldsher, ilmiy tadqiqotchi hamda tashkiliy rahbar sifatida faoliyat yuritdilar. Xotin-qizlarning akusherlik, ginekologiya va bolalar kasalliklari sohalaridagi ishtiroki, avvalo, ularning onalik va bolalikka daxldor masalalarni chuqur tushunishi, aholi bilan bevosita muloqotga kirishganligi va profilaktik ishlarni amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishdagi imkoniyatlari bilan izohlanadi. Shu bilan birga, mazkur sohalarda xotin-qizlar faolligining o‘sishi tibbiy kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanishi, klinik muassasalar tarmog‘ining kengayishi hamda ilmiy maktablarning shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi.

References

Абдураҳмонов О. Халқ хизматида // Ёш ленинчи, 1956, №29 (4759). -Б.2.

Ўзбекистонда ленинча миллий сиёсат // Ёш ленинчи, 1957, №127 (5012). -Б.4.

Назиров Т. Олима // Ёш ленинчи, 1958, №30 (5069). -Б.2.

Абдумажидов А. Миннатдорлик ва садоқат тантанаси // Ёш ленинчи, 1958, №34 (5073). -Б.1.

Ўзбекистон хотин-қизларининг II съезди // Ёш ленинчи, 1961, №61 (5567). -Б.2.

Совет замони. Фан арбоблари // Ёш ленинчи, 1961, №29 (5335). -Б.3.

Nashr qilingan

2026-03-14

How to Cite

SOVET DAVRIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINING TURLI YO‘NALISHLARIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI VA ISHTIROKINING RIVOJLANISHI (tarixiy tahlil) . (2026). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 3(3), 115-120. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3947