Lingvomadaniy tahlil milliy madaniyatning ustuvor qadriyatlarini aniqlash uchun xizmat qilmog‘i darkor. Shu ma’noda, lingvomadaniyatda ahamiyati bilan ajralib turadigan, jamiyat a’zolarida ijobiy munosabat va o‘ziga intilish munosabatini uyg‘otadigan konseptlar qadriyat maqomiga ega bo‘ladi. Ushbu qadriyatlar sirasiga tinchlik qadriyatini kiritish mumkin. Mazkur ishda ushbu qadriyatning lingvomadaniy aspekti xususida so‘z yuritiladi, uning assotsiativ potensiali aniqlanib, assotsiatsiyalar mazmuniy guruhlarga ajratiladi hamda ma’lum xulosalarga kelinadi.