Harakatli o‘yinlar boshlangich sinf darslarida ham ancha keng o‘rin oladi.
Bu sinflardagi harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan harakat ko‘nikmalarini
takomillashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Darsning asosiy qismi muayyan
vazifani amalga oshirishga, masalan, basketbol uyinining asosiy elementlarini o‘rgatishga doir
o‘yin materiallaridan iborat bo‘lsa, uning kirish kismida "To‘plar poygasi" singari harakatli
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bunday hollarda darsning asosiy qismiga "Ovchilar va
o‘rdaklar", "Otishma" o‘yinlari kiritiladi. Darsga bolalarga notanish bo’lgan o’yinlarni
kiritmaslik kerak.