Yong‘inni oldini olish va sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish
uchun insonlarda yetarli ko‘nikmalar bo‘lishi zarur. O‘tgan davrlarga qaraganda hozirgi kunda
mamlakatimiz bo‘ylab juda ko‘p yong‘inlar bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin. Keyingi
paytlarda yong‘inlar asosan ishlab chiqarish korxonalarida, savdo majmualarida va bozorlarda
sodir bo‘layotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. Maqolada aholi va tovar moddiy boyliklarni
yong‘in va portlashdan himoya qilish tadbirlari, yong‘in sodir bo‘lish holatini baholash,
xavflar mavjudligi va ular qanday paydo bo‘lishini aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritilib, yong‘nni
oldini olish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga yong‘in sodir bo‘lgan aholini va
moddiy boyliklarni ko‘chirish tadbirlari haqida bayon qilinadi.