KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN ILMIY VA PEDAGOGIK METODLAR TIZIMI
Kalit so‘zlar:
kitob, kitobxonlik, kitobxonlik madaniyati, metodika, metodik yondashuv.Abstrak
Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va pedagogik metodlar tizimi tahlil qilinadi. Maqola kitob o‘qishning ahamiyati, uning shaxsiy rivojlanish va bilim olishdagi o‘rni, shuningdek, kitobxonlikni kengaytirish va yosh avlodni kitobga qiziqtirishning samarali usullari haqida batafsil ma’lumot beradi. Ilmiy jihatdan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun pedagogik metodlarning o‘rni alohida ta’kidlanadi, jumladan, maktabda va o‘quv muassasalarida kitob o‘qishni rag‘batlantiruvchi metodikalar, o‘qish faoliyatini tashkil etish, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar keltirilgan. Maqolada, shuningdek, o‘qish madaniyatini shakllantirishning tarbiyaviy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati, pedagogik usullarni samarali qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy tajribalari tahlil etilgan. O‘qishning yosh avlod uchun ahamiyatini yoritish, shuningdek, kitobxonlikning zamonaviy pedagogik amaliyotlarda qanday rivojlanayotganiga oid fikrlar ilgari suriladi. Maqola ilmiy-ijtimoiy va pedagogik jamiyat uchun muhim tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
References
.Mirziуоуev Sh. “Tа’lim tizimini tubdаn islоh qilish tо‘g’risidа”gi Fаrmоni., 2017
D.Mo’minova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish metodikasi” 2019
Yo’ldoshev E “Kutubxona va yosh kitobxon” 2010
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.06.2019-yildagi PQ-4354-son. https://lex.uz/ru/docs/4372449
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Nosirova Zahroxon Latibjon qizi

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.