GEPATIT TURLARI ULARNI OLDINI OLISH, YUQISH SABABLARI VA DAVOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH

Mualliflar

  • Sarvarbek Nuraliyev Zafarovich Kokand Universiteti Andijon filiali

Kalit so‘zlar:

gepatit A, gepatit B, gepatit C, gepatit D, gepatit E, profilaktika, vaksina, sirroz, zaharlanish, imunitet, yallig'lanish, virus, surunkali

Abstrak

Gepatit – bu jigarni zararlovchi va yallig‘lanishiga sabab bo‘luvchi xavfli
kasallik bo‘lib, u dunyo miqyosida keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu
maqolada gepatitning asosiy turlari, ularning yuqish sabablari, oldini olish choralari va zamonaviy
davolash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Virusli gepatit A, B, C, D va E turlarining har
biri o‘ziga xos yuqish mexanizmi va klinik kechishi bilan ajralib turadi. Jumladan, gepatit A va E
ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqsa, gepatit B, C va D asosan qon va jinsiy aloqa orqali
tarqaladi. Gepatit B va C turlari jigar sirrozi va jigar saratoniga olib kelishi mumkinligi sababli,
ularni erta tashxislash va davolash muhim hisoblanadi.Kasallikning oldini olish uchun turli
strategiyalar qo‘llaniladi. Gepatit A va B ga qarshi vaksinalar mavjud bo‘lib, ular kasallikning
tarqalishini sezilarli darajada kamaytiradi. Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish,
xavfsiz qon quyish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, himoyalangan jinsiy aloqa va steril tibbiy
asboblardan foydalanish muhim profilaktik choralar sirasiga kiradi.

References

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), "Hepatitis: Key Facts", www.who.int, 2021.

Shepard C. W., Finelli L., Alter M. J., "Global epidemiology of hepatitis virus infection", The Lancet Infectious Diseases, 2018.

World Hepatitis Alliance, "Understanding Viral Hepatitis: A Global Perspective", www.worldhepatitisalliance.org, 2019.

Lok A. S., McMahon B. J., "Chronic Hepatitis : Update Recommendations", Hepatology, 2022.

Pawlotsky J. M., "Hepatitis C Virus Resistance to Direct-Acting Antiviral Drugs", Gastroenterology, 2017.

Downloads

Nashr qilingan

2026-06-06 — Updated on 2025-06-16

How to Cite

GEPATIT TURLARI ULARNI OLDINI OLISH, YUQISH SABABLARI VA DAVOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(4.5), 111-113. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2318