PROBIOTIK QO‘SHIMCHALARNING ORGANIZMNING IMMUNOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIR QILUVCHI VOSITA SIFATIDAGI IMKONIYATLARI
Abstrak
ushbu maqolada probiotik qo‘shimchalarning organizmning immunologik
ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi vosita sifatidagi imkoniyatlari tadqiq etilgan. Oziq-ovqatning
energetik qiymati pastligi va tarkibida oqsil miqdorining kamligi, ratsionda mikroelementlar va
vitaminlar, ayniqsa, A, C, E, D, β-karotin, essentsial mikroelementlar (rux, temir, selen, yod),
yarim to`yinmagan yog` kislotalari, shuningdek odamning madorini quritadigan kasalliklar va
antibiotikoterapiya yoki boshqa ekopatologik omillar tugayli yuzaga keladigan ichak disbakteriozi
immunitet funktsiyasining buzilishiga sabab bo`lmoqda (Тkachenko Е.I., 2006).
Immunomodulyatorlar – immunitetning zarur funktsiyalarini (infektsiyalarga qarshi va shishga
qarshi himoya) rag`batlantiruvchi va nojo`ya ta’sirga ega funktsiyalariga (allergiya va autoimmun
reaktsiyalar) to`sqinlik qiluvchi vositalar hisoblanadi. Mikrobiotsenozni korrektsiyalashda
immunitetni tabiiy modulyatsiyalash amalga oshadi, sog`lom odamlar ratsioniga
immunonutriyentlarning qo`shilishi ushbu ta`sirni kuchaytiradi va kompleks shakldagi vositalar
(probiotiklar va immunonutriyentlar jamlanmasi) mavsumiy infektsion kasalliklarning oldidni
olishda istiqbolli yo`l hisoblanadi. Immunonutriyentlarga almashinmaydigan mikroelementlar,
vitaminlar, yarim to`yinmagan yog` kislotalari va probiotiklar kiradi va ular immunitet uchun
javobgar hujayralarning yetilishi va butun immun tizimining normal ishlashiga yordam beradi
(Тutelyan V.А., 2002).
References
Del Giudice MM, Leonardi S, Ciprandi G et al. Probiotics in childhood: allergic illness and respiratory infections. J Clin Gastroenterol. 2012; 46: 69–72.
Probiotics and prebiotics. Practice Guideline World Gastroenterology Organisation 2008; http://www.worldgastroenterology.org/assets/downloads/en/pdf/guidelines/19_probiotics_prebiotics.pdf
Хорошилова Н. В. Иммуномодулирующее и лечебное действие бифидо- и лактобактерий у детей с аллергическими заболеваниями и частыми респираторными инфекциями. Вопр. совр. педиатрии. 2013; 12 (5): 86-90.
Downloads
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Temirova Munira Baxridinovna

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.