JIGAR SIRROZI SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI
Kalit so‘zlar:
Jigar sirrozi, gepatit B, gepatit C, fibroz, sariqlik, assit, ensefalopatiya,Abstrak
Ushbu tezisda jigar sirrozi kasalligiga olib keluvchi asosiy etiologik omillar,
klinik belgilari, tashxislash usullari hamda zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil etiladi. Jigar
sirrozi — bu uzoq davom etuvchi yallig‘lanish va to‘qima fibroziga olib keluvchi surunkali
kasallik bo‘lib, virusli gepatitlar (B va C), spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, yog‘li jigar
kasalligi, avtoimmun va irsiy-metabolik buzilishlar asosiy sabablar qatoriga kiradi. Kasallik
dastlab simptomlarsiz kechishi mumkin, biroq keyinchalik sariqlik, assit, ensefalopatiya,
ko‘karishlar va jigar yetishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi. Tashxis laborator tahlillar,
instrumental tekshiruvlar (UZI, FibroScan, KT, MRT) va biopsiyaga asoslanadi. Davolash
strategiyasi sababni bartaraf etish, parhez, dori vositalari (gepatoprotektorlar, diuretiklar) va og‘ir
holatlarda jigar transplantatsiyasini o‘z ichiga oladi. Maqolada shuningdek sirrozning erta
aniqlanishi va profilaktik choralarning ahamiyati ham yoritilgan.
References
Rasulov A.A. Gastroenterologiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2015.
Xo‘jayev I. Ichki kasalliklar propedevtikasi. – Toshkent: Tibbiyot, 2020.
Karimov R.S. Ichki kasalliklar klinikasi. – Toshkent: O‘zTA, 2019.
Mamatuqulov O. Laborator diagnostika asoslari. – Toshkent: Tibbiyot, 2017.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. Ichki kasalliklar klinik protokollari. – Toshkent: SSV, 2021.
Downloads
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Roʻzimuhamedova Muxlisabonu, Fazliddinov Firdavs

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.