SURXON DAVLAT QOʻRIQXONASIDA TARQALGAN CONVOLVULUS L. TURKUMI TURLARNING BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI

Mualliflar

  • Ibragimov Akram Javliyevich Andijon davlat universiteti
  • Rajapova Nilufar Po‘lat qizi Andijon davlat universiteti
  • Choriyeva Zarnigor G’ayrat qizi Andijon davlat universiteti

Kalit so‘zlar:

Colvonvulus L., turkum, togʻ, adir, flora, tur, Surxon, pechak, qoʻriqxona, oila.

Abstrak

Convolvulus L. turkumi Convolvulaceae Juss. oilasiga mansub bo‘lib, keng geografik arealga ega — u asosan tropik va subtropik mintaqalarda uchraydigan kosmopolit o‘simliklar turkumidir. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida mazkur turkumga kiruvchi turlar morfologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ayni turlarning aksariyati dorivorlik, ozuqaviy va manzarali xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Convolvulus L. turkumining Surxon davlat qo‘riqxonasida uchrashi biogeografik nuqtai nazardan muhim bo‘lib, ular asosan tog’ etaklari, adirlar va daryo vodiylariga xos hududlarda tarqalgan. Ushbu turlar mahalliy flora sharoitlariga moslashgan bo‘lib, boshqa o‘simliklar bilan raqobatdagi o‘zaro munosabatlari ham tadqiq etilgan. Hozirgi paytda ushbu oila tarkibida 59 ta turkumga mansub 1962 ta tur mavjudligi qayd etilgan [12]. Convolvulus L. turkumining o‘zi esa 208 ta turga ega [12]; shundan O‘rta Osiyoda 23 dan ortiq turi [1], O‘zbekiston hududida esa 14 dan ortiq turi [2] aniqlangan. Surxondaryo viloyatida esa 10 ta turining gerbariy namunalari yig‘ilgan bo‘lsa, so‘nggi izlanishlar Surxon davlat qo‘riqxonasida Convolvulus L. turkumiga oid 4 ta turning tarqalganini ko‘rsatdi [6].

References

Определитель растений Средней Азии. T.8. Ташкент Фан, 1974.

Флора Узбекистана том 5. Издательство "Маънавият" Ташкент 1955.

Невский. К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaник геогрaфичеcкое невский С.А. Материалы к флоре Кугитангтау и его предгорий. В кн. Флора и систематика высших растений – М., Л.: Изд. АН СССР, 1937– С.

Тожибaев К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaнико-геогрaфичеcкое рaйонировaние Узбекиcтaнa // Ботaничеcкий журнaл, т. 101, вып. 10, 2016. – C. 1105-1132.

Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил. науч. конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985. – С. 167-168.

Ибрагимов Акрам Жавлиевич. Сурхон Давлат Қўриқхонасининг Флораси (Кўҳитанг Тизмаси), Дис канд. биол. наук., Тошкент-2010.

Флора СССР том 19. В 6-е годы. – М., Л.: Изд. Академия наук СССР, 1934-1964.

Ачилова Наргиза Тухтаназаровна. Сурхон-Шеробод ботаник-географик раиони флораси. Дис канд. биол. Наук. 03.00.05-Ботаника, Карши-2021.

Juramurodov, I., Uralov, R., Makhmudjanov, D., et all. (2025). Assessment of plant diversity in the Surkhan-Sherabad Region, Uzbekistan by grid mapping. Journal of Arid Land, 17(3), 394–410.

Downloads

Nashr qilingan

2025-06-24

How to Cite

SURXON DAVLAT QOʻRIQXONASIDA TARQALGAN CONVOLVULUS L. TURKUMI TURLARNING BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(4.4), 216-218. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2789