ILDIZNING HOSIL BO’LISHIDA FITOGORMONLARNING AHAMIYATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

in vitro, mikroklonal, fitogormon, auksin, sitokinin, gibberellin, abstsiz kislotasi, brassinosteroidlar, etilen, jasmonatlar, salitsil kislotasi, strigolakton

Abstrak

Bugungi kunda biologiya fanining muammolaridan biri bo’lgan aholini sifatli va tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari, qayta tiklanuvchi yoqilg’i bilan ta’minlash maqsadida qator davlatlarda bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, biotexnologiyaning rivojlanishi insonlar hayotini yaxshilash uchun katta ahamiyat kasb etmoqda. Bir qancha olimlar tomonidan inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simliklarning yangi navi yaratilmoqda hamda ularni ko’paytirishning bir qancha usullari amalga oshirilmoqda. Bunday usullardan biri sifatida o’simliklarni in vitro sharoitida mikroklonal ko’paytirish ham muhim ro’l o’ynamoqda. Bu usul yordamida o’simlikning meristema hujayralari hisobiga yil davomida yangi o’simlik yaratish imkonini beradi. Bu usulda maxsus moddalar qatorida fitogormonlarning qatnashishi muhim ahamiyatga ega. O’simlik uchun juda ham oz miqdorda kerak bo’ladigan, lekin juda zarur jarayonlarni amalga oshiruvchi bu fitogormonlarga asosan   abstsiz kislotasi, brassinosteroidlar, etilen, jasmonatlar, salitsil kislotasi, strigolaktonlar, auksin, sitokinin, gibberellin va bir qancha gormonlar kiradi. Ular o’simlikning ildizi, poyasi, bargi kabi organlarni hosil bo’lishida qatnashadi.

References

Science direct sayti https://www.sciencedirect.com/

B. O. Beknazarov “O’simliklar fiziologiyasi” 337-b

The regulatory signaling of gibberellin metabolism and its crosstalk with phytohormones in response to plant abiotic stressesResearch article

SlTIR1 is involved in crosstalk of phytohormones, regulates auxin-induced root growth and stimulates stenospermocarpic fruit formation in tomato Plant ScienceDecember 2016

https://uz.wikipedia.org/wiki/Fitogormonlar

https://kutubxona.samduuf.uz/download/2852

Salomova, S. S., Abdixolikova, F. N., Abdutolibov, M. Z., Kh, K. D., & Khujamshukurov, N. A. (2023). ORGANIC CUCUMBERS IN THE WORLD. Iqlimning davom etayotgan oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun agrobiologik xilma-xillikni oʻrganish, saqlash va barqaror foydalanish muammolari, 801-803.

Downloads

Nashr qilingan

2024-05-20

How to Cite

ILDIZNING HOSIL BO’LISHIDA FITOGORMONLARNING AHAMIYATI. (2024). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(2), 7-11. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/32