PEDIATRIYADA VITAMIN YETISHMOVCHILIGI OQIBATLARI
Kalit so‘zlar:
bolalar, profilaktika, vitaminlar, mikroelementlar, makroelementlar, immunitet, anemiya, raxit,, asab tizimiAbstrak
Ushbu maqolada pediatriyada keng tarqalgan muammolardan biri – vitaminlar yetishmovchiligining bolalar salomatligiga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Vitaminlar bolalar organizmining normal rivojlanishi, immunitet tizimi, asab tizimi, suyak va mushak to’qimalari shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, ularning yetishmovchiligi o’sishning sekinlashuvi, anemiya, raxit ,immunitetning pasayishi, aqliy va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, infeksion va surunkali kasalliklarga moyillik ortishi, suyak tizimi deformatsiyasi, kamqonlik, tireoid disfunktsiyalari kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, 5yoshgacha bo’lgan bolalar oralig’ida noto’g’ri ovqatlanish, oziq-ovqat tanqisligi yoki biologik aktiv moddalarni o’zlashtirishdagi buzilishlar quyida keltirilgan yetishmovchiliklarning rivojlanishida asosiy rol o’ynaydi. Ushbu ilmiy ishda bolalar organizmida vitamin hamda mikroelementlar yetishmovchiliginining asosiy sabablari, klinik ko’rinishlari, va uzoq muddatli oqibatlari ko’rib chiqiladi. Shuningdek makro va mikroelementlarning o’zaro ta’siri, profilaktika va erta diagnostika choralarining ahamiyati ham alohida ta’kidlangan.
References
Lundina G.V. Repetskaya M.N. Toropova E.A Golovina V.V. “ Yosh bolalarda ovqatlanishning zamonaviy jihatlari” “Eksperimental va klinik gastroenterologiya” 20180
Zaxarova I.N. Sugyan N.G. Dimitrieva Y.A. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovqatlanishning zamonaviy jihatlari”2014
Martinchik A.N. Sugyan N.G. Baturin A.K. “Rossiyada 3yoshdan 19yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarning haqiqiy ovqatlanishini tahlil qilish”2017
Polyashova A.S “Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish va ko’rish keskinligini saqlashga individual ozuqa moddalarinining ta’siri”2012
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Ortig’aliyeva Madinabonu Muzaffar qizi, Ibragimova Nafisa Vohidovna

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.