PEDIATRIYADA VITAMIN YETISHMOVCHILIGI OQIBATLARI

Mualliflar

  • Ortig’aliyeva Madinabonu Muzaffar qizi Qo’qon Universiteti Andijon filiali
  • Ibragimova Nafisa Vohidovna Qo’qon Universiteti Andijon filiali

Kalit so‘zlar:

bolalar, profilaktika, vitaminlar, mikroelementlar, makroelementlar, immunitet, anemiya, raxit,, asab tizimi

Abstrak

Ushbu maqolada pediatriyada keng tarqalgan muammolardan biri – vitaminlar  yetishmovchiligining bolalar salomatligiga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Vitaminlar bolalar organizmining normal rivojlanishi, immunitet tizimi, asab tizimi, suyak va mushak to’qimalari shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki,  ularning yetishmovchiligi o’sishning sekinlashuvi, anemiya, raxit ,immunitetning pasayishi, aqliy va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, infeksion va surunkali kasalliklarga moyillik ortishi, suyak tizimi deformatsiyasi, kamqonlik, tireoid disfunktsiyalari kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, 5yoshgacha bo’lgan bolalar oralig’ida noto’g’ri ovqatlanish, oziq-ovqat tanqisligi yoki biologik aktiv moddalarni o’zlashtirishdagi buzilishlar quyida keltirilgan yetishmovchiliklarning rivojlanishida asosiy rol o’ynaydi.  Ushbu ilmiy ishda bolalar organizmida vitamin hamda mikroelementlar  yetishmovchiliginining  asosiy sabablari, klinik ko’rinishlari, va uzoq muddatli oqibatlari ko’rib chiqiladi. Shuningdek makro va mikroelementlarning o’zaro ta’siri, profilaktika va erta diagnostika choralarining ahamiyati ham alohida ta’kidlangan.

References

Lundina G.V. Repetskaya M.N. Toropova E.A Golovina V.V. “ Yosh bolalarda ovqatlanishning zamonaviy jihatlari” “Eksperimental va klinik gastroenterologiya” 20180

Zaxarova I.N. Sugyan N.G. Dimitrieva Y.A. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovqatlanishning zamonaviy jihatlari”2014

Martinchik A.N. Sugyan N.G. Baturin A.K. “Rossiyada 3yoshdan 19yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarning haqiqiy ovqatlanishini tahlil qilish”2017

Polyashova A.S “Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish va ko’rish keskinligini saqlashga individual ozuqa moddalarinining ta’siri”2012

Nashr qilingan

2025-10-17

How to Cite

PEDIATRIYADA VITAMIN YETISHMOVCHILIGI OQIBATLARI. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(10), 40-44. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3597