FITOGARMONLAR VA ULARNING O'SIMLIK ORGANIZIMIDAGI AHAMIYATI

Mualliflar

  • Usmonjonova Mohinur Andijon davlat universiteti
  • Ahmedova Gulira’no Andijon davlat universiteti
  • Axmadjonova Asaloy Andijon davlat universiteti
  • Tuxtaboyeva Feruzaxon Muratovna Andijon davlat universiteti

Kalit so‘zlar:

fitogormonlar, o‘simlik gormonlari, o‘simlik fiziologiyasi, auksinlar, giberellinlar, sitokininlar, absiz kislota, etilen, hujayra bo‘linishi, hujayra cho‘zilishi, o‘sish va rivojlanish, ildiz hosil bo‘lishi, poya o‘sishi, urug‘larning unishi, mevalarning pishishi, barglarning to‘kilishi, stressga chidamlilik, qurg‘oqchilikka moslashuv, fiziologik jarayonlar, gormonlar muvozanati

Abstrak

Ushbu tezisda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi biologik faol moddalar — fitogormonlar hamda ularning o‘simlik organizmidagi ahamiyati keng yoritilgan. Fitogormonlar o‘simlik hujayralarida juda kam miqdorda sintez qilinishiga qaramay, fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Tezisda asosiy fitogormon guruhlari: auksinlar, giberellinlar, sitokininlar, absiz kislota va etilenning xususiyatlari, ta’sir mexanizmlari hamda o‘simlik hayotiy jarayonlaridagi vazifalari tahlil qilinadi. Auksinlarning hujayra cho‘zilishi va ildiz hosil bo‘lishidagi roli, giberellinlarning urug‘larning unishi va poya o‘sishini tezlashtirishi, sitokininlarning hujayra bo‘linishini faollashtirishi, absiz kislotaning stress holatlaridagi himoya mexanizmlarini boshqarishi hamda etilenning mevalarning pishishi va barglarning to‘kilishiga ta’siri ilmiy asosda bayon etilgan. Shuningdek, fitogormonlarning o‘zaro ta’siri va muvozanati o‘simliklarning normal rivojlanishi uchun zarur omil ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tezis natijalari qishloq xo‘jaligi, seleksiya, biotexnologiya va o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalarida fitogormonlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Fitogormonlar yordamida hosildorlikni oshirish, stresslarga chidamli navlar yaratish va o‘simliklarning fiziologik holatini boshqarish mumkinligi ilmiy dalillar bilan asoslangan.

References

To’htaboyeva F.M. O’simliklar fiziologiyasi 2023

Botanika va o'simliklar fiziologiyasi — I. V. Belolipov (2018, Fan va texnologiya)

O'simliklar fiziologiyasi — J. X. Xo'jaev (2004, Mehnat nashriyoti)

Fitogormonlar va ularning o'simliklar hayotidagi ahamiyati — R. B. Sayidova (2023)

Fitohormonlar va o‘simliklarning stressga javobi — G‘. Maxmanazarov & I. To’xtasinov (2025)

Nashr qilingan

2025-12-11

How to Cite

FITOGARMONLAR VA ULARNING O’SIMLIK ORGANIZIMIDAGI AHAMIYATI. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(12), 147-151. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3811