GURUHLI DIFFRENSIAL O’YINDA QOCHIB KETISH HAQIDA

Mualliflar

  • Umrzaqov Nodirbek Muhammadovich Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
  • Qurbonova Gullola Alijon qizi Andijon davlat universiteti magistri

Kalit so‘zlar:

differensial o‘yin, quvuvchi–qochuvchi masalasi, uchrashishdan chetlanish, boshqariluvchi jarayon, guruhli differensial o‘yin, cheklov, strategiya, joiz boshqaruv, erishuvchanlik to‘plami.

Abstrak

Bu maqolada inertsiyaga ega bo’lmagan bir guruh qochuvchilar va inertsiyali quvuvchilar orasidagi ta’qib etish masalasi o’rganiladi. Bunda quvuvchilarning dinamik imkoniyatlari qochuvchilarning imkoniyatidan ustun. Barcha qochuvchilar bir hil boshqaruvni qo’llaydi, bunda qochuvchilarni boshqarayotgan tomonga vaqtning har bir momentida o’yin ishtirokchilarining turgan pozitsiyasi va qochuvchilar traektoriyasiga qo’yilgan fazoviy chegaralanishlar ma’lum deb faraz qilinadi. Bu yerda bir guruh quvuvchilardan barcha qochuvchilarni qochib ketishini ta’minlovchi bo’lakli-o’zgarmas boshqaruv quriladi. Bu yerda o’rganilgan masalaga o’xshash masala N.Yu.Satimov, B.B.Rixsiyevlar [2, 3] tomonidan fazoviy chegaralanishlarsiz va bitta qochuvchi bo’lgan holat o’rganilgan. Fazoviy chegaralanishlarsiz tezlanish bo’yicha boshqariluvchi bir guruh quvuvchilardan bitta qochuvchini l-tutish masalasi A.A.Chikriy [4], N.L.Grigorenko [1] tomonidan tadqiq etilgan.

References

Григоренко Н.Л. Математические методы управления несколькими динамическими процессами. М.: Изд-во Моск. ун-та, 1990.

Сатимов Н.Ю., Рихсиев Б.Б. О квазилинейных дифференциальных играх убегания// Диф. Уравнения. 1978. Т. 14, №6. С. 1046-1052.

Сатимов Н.Ю., Рихсиев Б.Б. Методы решения задачи уклонения от встречи в математической теории управления. Ташкент: Фан, 2000.

Чикрий А.А. Конфликтно-управляемые процессы. Киев: Наук. думка, 1992.

Nashr qilingan

2026-02-03

How to Cite

GURUHLI DIFFRENSIAL O’YINDA QOCHIB KETISH HAQIDA . (2026). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 3(1), 264-269. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3910