XORIJ RESOSIALIZATSIYA KONSEPSIYALARINI O‘ZBEKISTON SHAROITIGA MOSLASHTIRISH IMKONIYATLARI
Kalit so‘zlar:
resosializatsiya, reintegrativ uyat, jamoatchilik nazorati, reabilitatsiya modeli, mahalla instituti, “Yoshlar balansi”, og‘ir tarbiyali yoshlarAbstrak
Maqolada xorij pedagogikasida og‘ir tarbiyali yoshlarni resosializatsiyalashning uch asosiy konsepsiyasi – J.Breytveytning “reintegrativ uyat/tanbeh”, D.Garlandning “jamoatchilik asosidagi nazorat” va F.Kallenning “reabilitatsiyaga asoslangan” modellari – qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu konsepsiyalarning asosiy g‘oyalari, afzalliklari va cheklovlari ochib berilgan. O‘zbekistonning milliy ijtimoiy institutlari (mahalla, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi” elektron platformasi) bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari asoslangan. Taklif etilgan moslashtirish yo‘nalishlarining validligi 15 nafar ekspert (pedagog-psixologlar, mahalla nozirlari, huquq inspektorlari) ishtirokida baholandi. Ekspertlarning kelishuvi Kendallning muvofiqlik koeffisiyenti bilan tasdiqlandi (W=0,78; p<0,01). Makolada xorij tajribasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmasdan, mahalliy ijtimoiy-madaniy, huquqiy va pedagogik xususiyatlarni hisobga olgan holda qayta ishlash zarurligi asoslangan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi qarori, 2021 yil 18 yanvar, 23-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2025 yil 14 fevral, PQ-62-son.
Braithwaite J. Reintegrative Shaming, Republicanism, and Policy // Restorative Justice and Civil Society / Ed. by H. Strang, J. Braithwaite. – Cambridge: Cambridge University Press, 2018. – P. 67-108.
Garland D. The Culture of Control: Crime and Social Order in Contemporary Society. – Oxford: Oxford University Press, 2012. – 312 p.
Cullen F.T. Rehabilitation: Beyond Nothing Works. – Washington: National Institute of Justice, 2013. – 189 p.
Rustamova M.X. Og‘ir tarbiyali o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik ishlar mazmunini takomillashtirish // Pedagogika (O‘zR FA). – 2024. – №2. – B. 45-52.
Abdullayeva S.S. Oilaviy tarbiyaning og‘ir tarbiyalilikni shakllantirishdagi roli // Xalq ta’limi. – 2023. – №4. – B. 56-63.
Shomaxmudova Sh.Sh. Yoshlarda radikalizmga qarshi immunitet shakllantirishning pedagogik asoslari // Yoshlar tarbiyasi. – 2024. – №1. – B. 67-75.
Kendall M. Rangovыye korrelyasii. – M.: Statistika, 1975. – 216 s. (Yoki: Kendall M.G. Rank Correlation Methods. – London: Griffin, 1970. – 202 p.)
SPSS Inc. SPSS Statistical Package for the Social Sciences, Version 26.0. – Chicago: SPSS Inc., 2019. – 450 p.