RAQAMLI MUHITNING TALABA YOSHLAR MILLIY QADRIYATLARI SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TA’SIR OMILLARI
Kalit so‘zlar:
raqamli jamiyat, raqamli savodxonlik, ta’lim muhiti, ruhiy salomatlik, psixologik xavfsizlik, psixologik barqarorlik, psixologik farovonlik, raqamli texnologiyalar, onlayn ta’lim, masofaviy o‘qitish, kiberbulling, virtual kommunikatsiya, ijtimoiy stress.Abstrak
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatning raqamli transformatsiyasi sharoitida ta’lim muhitining o‘zgarishi va bu jarayonning inson ruhiy salomatligiga ta’sirining o‘zaro bog‘liqligini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Globallashuv va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimining fundamental asoslarini o‘zgartirib, onlayn platformalar, masofaviy ta’lim shakllari va raqamli kommunikatsiya vositalarining keng joriy etilishiga olib keldi. Bu o‘zgarishlar bir tomondan ta’lim olish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar, moslashuvchanlik va axborotdan erkin foydalanishni ta’minlasa ikkinchi tomondan, o‘quvchi va talabalarning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi xavf-xatarlarni yuzaga keltirmoqda. Virtual muhitdagi o‘zaro munosabatlar, kiberbulling hodisalari, doimiy axborot oqimi va "onlayn bo‘lish" majburiyati ta’lim oluvchilarning nafaqat akademik o‘zlashtirishiga, balki ularning hissiy va ijtimoiy farovonligiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, raqamli vositalar ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash va psixologik yordam ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar ham yaratadi. Mazkur ishning asosiy maqsadi – raqamli ta’lim muhitining inson ruhiy salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash, ularning o‘zaro aloqadorlik mexanizmlarini o‘rganish hamda sog‘lom va psixologik xavfsiz raqamli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
References
B.A.Begalov, M.K.Abdullayev, Raqamli iqtisodiyot. Darslik. Toshkent: «Iqtisodiyot» nashriyoti. (2023).
A.A.Bochaver, K.D.Xlomov, Kiberbulling: travlya v prostranstve sovremennix texnologiy. Psixologiya. Jurnal Visshey shkoli ekonomiki, 11(3), c.177-191. (2014).
Karimova, F. (2021). Raqamli jamiyat psixologiyasi. Monografiya. Toshkent.
Turgunov, B. (2024). Ta’limni tashkil etishda internetning intellektga ta’siri. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(4), 620-622.
Raximjonovich, T.B. (2024). Talabalarning intellektual salohiyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar. Theory and analytical aspects of recent research, 3(28), 40-46.
Rahimjonovich, T.U.B. (2024). Intellektual va autogen mashqlarning shaxs rivojlanishiga ta’siri. Innovative developments and research in education, 3(34), 46-49