Jild 1 № 3 (2024): “LISONIY MEROS VA TILSHUNOSLIK TARAQQIYOTI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari

Jild 1 № 3 (2024): “LISONIY MEROS VA TILSHUNOSLIK TARAQQIYOTI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Nashr qilingan: 2024-05-20

Ushbu to‘plamda 2024-yil 15-may kuni Andijon davlat universitetida o'tkazilgan “Lisoniy meros va tilshunoslik taraqqiyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiyaga yuborilgan maqola, tezis materiallari jamlangan. To‘plamda til tadqiqida zamonaviy
yo‘nalishlar: kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika,
lingvopoetika, psixolingvistika; tilshunoslik taraqqiyotida an’anaviylik va til o‘qitish metodikasi; tatbiqiy
tilshunoslik masalalari va kompyuter lingvistikasi; qiyosiy va tarixiy tilshunoslik; shevashunoslik va areal
lingvistika haqida so‘z yuritiladi.
Konferensiya materiallari filolog mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat
talabalari, shuningdek, keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

To'liq son

Maqolalar

ЎЗБЕК ХАЛҚ ДОСТОНЛАРИНИНГ БАДИИЙ ТИЛИ ХУСУСИДА
Раҳмонов Баҳодир Мамажонович

Халқ достонлари тили масалаларини ўрганишда марҳум тилшунос А.Ишаевнинг ҳам хизматлари беқиёс. Унинг мақолаларида архаик ва тарихий, шунингдек, ўзбек шеваларига мансуб кўпгина сўзлар этимологиясини аниқлаш, бунда қардош туркий тилларга қиёсий ўрганишнинг аҳамияти, сўз шаклларининг қисқариши, достонлардаги айрим сўзларнинг морфологик табиати, бошқа тиллардан ўтиб ўзлашган сўзларнинг тутган ўрни, уларнинг ғоявий-бадиий вазифалари атрофлича ёритилган

29-31 93 4
PSIXOLINGVISTIKA: TIL VA ONLIK ALOQASIDA
Бегибаева Фарогат Бахтиёр кизи

Ushbu maqola munosabatlarning qiziqarli dunyosini o'rganadi
til va kognitiv jarayonlar o'rtasida. Bu biz qanday o'rganishimiz, tushunishimizga qaraydi,
tilni ishlab chiqarish va ishlatish va bu jarayonlarning fikrlash, xotira bilan qanday bog'liqligi
va e'tibor.

96-98 159 4
TELEREKLAMA SLOGANLARIDA PRAGMATIK SEMANING HOSIL BO‘LISHI VA BADIIY TA’SIR VOSITALARINING O‘RNI
Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, Abdullayev Begzodbek Holdaraliyevich

Ushbu maqolada badiiy ta’sir vositalarining reklama matnidagi o‘rni, reklama mahsuloti mohiyatan o‘ziga xos axborot birligi ekanligi, sloganlar yaratilishida faqat biznes-marketingga oid terminlarga yoki komponentlarga asoslanmasdan, balki qo‘shimcha ma’nolar yaratish uchun badiiy komponentlardan foydalanish holatlari yoritilgan.

167-171 50 2
ҚОРАБОҒИШ ВА ЧЎНГБОҒИШ ТОПОНИМЛАРИ ТАДҚИҚИ
Эргашев Абдуҳалим

Тарихга назар ташласак, ўзбек миллати узоқ ва мураккаб тарихий жараёнларда турли халқларга мансуб бўлган қабила ҳамда уруғларнинг ўзаро аралашиб, қўшилиб кетиши натижасида шаклланганлигини кўрамиз. Халқимиз ичида туркий халқларга мансуб бўлган қорақалпоқ, уйғур,  қирғиз, қозоқ, татар, турк миллат вакиллари билан бирга форс-тожик, араб, рус, лўли, мўғул, корейс каби бошқа халқ вакилларини учратишимиз мумкин. Маълумки, ўзбек халқининг миллат бўлиб уюшувида кўплаб этник гуруҳлар ўз улушини қўшган ва бу гуруҳ номлари, уларнинг маданияти, тили, халқимиз ўтмишини яратишда муҳим манба ҳисобланади. Ушбу этник гуруҳлар номи ва шу асосда юзага келган жой номларини тадқиқ қилишда этнотопонимлар алоҳида ўрин тутади.

223-239 4 2
EVFEMIZMLARNING BADIIY AHAMIYATI VA SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI
Yuldosheva Mashhura Zokirjon qizi

Maqolada muloqot tamoyillaridan biri bo‘lgan xushmuomalalikni yuzaga chiqishida evfemizmlarning tutgan o‘rni va ahamiyati, ularning nutqda qo‘llanishi ijtimoiy omillarga bog‘liq ekanligi sotsiopragmatik jihatdan tahlil qilingan.

57-60 17 16
O‘ZBEK TILIDA KONSONANTIZMLARNING FONOLOGIK OPPOZITSIYALARIDA DARAJALANISH
Zаkirоvа Hafiza Razzaqovna

Fonemalar oʻzlarining fonologik muhim belgilari bilangina oʻzaro zid munosabatda boʻladi. Demak, har qanday fonema, albatta, ma’lum zidlanishning a’zosi boʻladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim boʻlmagan belgilarga ham ega boʻladi. Demak, undoshlarda invariant-variant munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini ajratish katta ahamiyat kasb etadi.

130-132 118 7
INTERNET MULOQOTIDA KREOLLASHGAN MATNLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Tо‘xtasinоva Nargizaxоn Abdurashid qizi

Ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida ma’lum bo‘ladiki, insonlarning katta qismi ma’lumotlarni ko‘rish, ya’ni vizual yo‘l bilan tez va oson qabul qiladi. Axborotlarni ikki va undan ortiq mediavositalar qorishuvi orqali uzatish murakkab axborotni ham oson, ham tushunarli qabul qilish imkonini beradi. Buning natijasida esa kreollashgan matnlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun kreollashtirilgan matnlarda shakl va ma’no mushtarakligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada bu kabi kreollashgan matnlarning nazariy asoslari xususida so‘z boradi.


 

197-200 110 6
Кыргыз адабияты сабагында коммуникативдик компетенттүүлүгүн жогорулатуунун ыкмалары
Усарова Г.У. , Асилбекова Н. А.

Мyгaлим үчүн кoммyникaтивдик кoмпeтeнттүүлүктүн
(пpoфeccиoнaлдык aтaйын кoммyникaтивдик кoмпeтeнттүүлүк) aнын
кecиптик ишмepдүүлүгү үчүн мaaниcи өзгөчө, aнткeни билим бepүү
пpoцeccинин эки нeгизги cyбъeкти – мyгaлим мeнeн oкyyчyнyн өз apa
apaкeттeнүүcү. Нeгизинeн мaaлымaттык жaнa cөздөpдү кoлдoнyy мeнeн
жүзөгө aшыpылaт. Мyгaлимдин кoммyникaтивдик кoмпeтeнттүүлүгү
oшoндoй элe биpгeлeшип иштөө шapттapындa aнын мaкcaттapынa жeтүү
үчүн кecиптeштepи, aтa-энeлepи жaнa oкyy-тapбия пpoцeccинин бaшкa
cyбъeкттepи мeнeн бoлгoн ишкepдик мaмилeлepинин бүткүл cиcтeмacын
жөнгө caлaт. Пeдaгoгикaлык чөйpөдөгү бaapлaшyy мyгaлимдин
кoммyникaтивдик кoмпeтeнттүүлүгүнүн мaзмyнyн aныктaгaн биp кaтap
өзгөчөлүктөp мeнeн мүнөздөлөт.

260-263 5 4
“TINCHLIK” O‘ZBEK MILLIY QADRIYATINING LINGVOMADANIY ASPEKTI
Usmanov Farxad Faxriddinovich

Lingvomadaniy tahlil milliy madaniyatning ustuvor qadriyatlarini aniqlash uchun xizmat qilmog‘i darkor. Shu ma’noda, lingvomadaniyatda ahamiyati bilan ajralib turadigan, jamiyat a’zolarida ijobiy munosabat va o‘ziga intilish munosabatini uyg‘otadigan konseptlar qadriyat maqomiga ega bo‘ladi. Ushbu qadriyatlar sirasiga tinchlik qadriyatini kiritish mumkin. Mazkur ishda ushbu qadriyatning lingvomadaniy aspekti xususida so‘z yuritiladi, uning assotsiativ potensiali aniqlanib, assotsiatsiyalar mazmuniy guruhlarga ajratiladi hamda ma’lum xulosalarga kelinadi.

21-26 87 3
LINGVISTIK ANTROPOSENTRIZM HAQIDA MULOHAZALAR
Yuldashboyeva Sarvinozbonu Mash’albek qizi , Umarov Kamoldin Jamolovich

Ushbu maqolada, antroposentrik tilshunoslikning til tizimida
tutgan o‘rni va uning kelib chiqishi, o‘zbek tilshunosligiga ta’siri haqida qisqacha
bayon qilingan. Unda antroposentrizm haqida ilmiy tadqiqot olib borgan bir qancha
olimlarning fikrlari keltirilgan va ularga munosabat bildirilgan.

88-91 117 14
KOMONIMLAR TOPONIMIKANING TARKIBIY QISMI SIFATIDA
Asqarova Yorqinoy Mo‘minjon qizi

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi toponimlar va ularning turlari, komonimlarning toponimik obyektlar ichidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Komonimlarni o‘rganishda geografiya, tarix, etnografiya fanlarining tilshunoslik bilan kesishuvi maqsadga muvofiq ekani ifoda etiladi.

159-162 1 2
TAQLIDA SO‘Z VA INTERJETIKALARNING FONETIK XUSUSIYATLARI (T.QOSIMBEKOVNING “SINGAN QILINCH” ROMANI NAMUASI ASOSIDA)
Усмонова Одина Сиддиковна, Тухтаназарова Гулназ Абдувахоб қизи

Maqolada T. Qosimbekovning “Singan qilich” romanida qo‘llanilgan taqlid va his-hayajon so‘zlarning fonetik xususiyatlari tadqiq etildi.

223-226 1 3
OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA ASSOSIATIV QARASHLAR VA ASSOSIATIV MUNOSABAT TALQINI
Karimova Feruzaxon Sayfuddinovna

Maqolada assotsiativ tilshunoslikning o‘zbek tilshunosligida shakllanishi va rivojlanishi haqida so‘z boradi. Shuningdek, assotsiativ munosabat va badiiy assitsiatsiyalar haqidagi qarashlar talqini ham tahlilga tortilgan.

47-52 50 8
LUG‘ATSHUNOSLIKNING BIR TARMOG‘I
Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich

Ushbu maqolada muayyan ijodkor asarlari tili asosidagi
lug‘atlar tuzish va uning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. “Zahiriddin
Muhammad Bobur ensiklopediyasi” xususidagi fikrlar bayon etilgan.

120-125 104 5
СИНТАКТИК ПАРАЛЛЕЛИЗМ ВА АНТИТЕЗА КОНВЕРГЕНЦИЯСИ
Шодмонов Холматжон Пўлатжон ўғли

Мақолада бадиий ва поэтик нутқда конвергенция ҳодисасининг юзага келиши ҳақида маълумот бериш билан бирга, синтактик параллелизм ва антитезанинг конвергенция ҳосил қилиши ва бунда матнлардаги стилистик ўзгаришлар таҳлил этилган.

189-191 6 2
IJTIMOIY-SIYOSIY TERMINLARNI MAZMUNIY MAYDON ASOSIDA O'RGANISH
To‘raxojaeva Аdibaxon, Jalilova Sevinchbonu

Ushbu maqolada ijtimoiy-siyosiy leksikaning sistemaviy
tabiati va bunda milliy mentallikning ekstralingvistik omil sifatida lug‘aviy
sistemaga taʼsiri kabi masalalar yoritilgan.

254-256 63 3
АССОЦИАТИВ ВЕРБАЛ ПОРТРЕТ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ МОҲИЯТИ
Лутфуллаева Дурдона Эсоновна

Муайян жамият аъзоси ёки бирор бир миллатнинг ассоциатив вербал портретини яратиш муаммоси бўйича олиб бориладиган тадқиқотлар тил бирликларининг ассоциатив хусусиятини очиб беришга хизмат қилиши билан бирга, жамият аъзоларининг кишилар тасаввуридаги образини тасвирлашга, улар ҳақидаги тасаввурларни умумлаштиришга хизмат қилади.


Ассоциатив портрет тил эгаларининг бирор бир шахс ёки миллат ҳақидаги ассоциацияларига асосланган вербал тасвирдир. Бундай портрет тил эгалари устида ўтказиладиган ассоциатив тажриба материаллари асосида яратилади.

9-14 117 4
PUBLITSISTIK JАNRDАGI NАSHR SАRLАVHАLАRIDА MАISHIУ MАVZUDАGI MАQОLLАR PRАGMАTIKАSI
Turdaliyeva Dilfuza Salohiddinovna

Ushbu maqolada publitsistik jаnrdаgi nаshr sаrlаvhаlаridа mаishiу mаvzudаgi mаqоllаr prаgmаtikаsi ayrim xalq maqollari yordamida yoritib berilgan. Masalan, bugungi kunda mamlakatimizda suvga bo‘lgan ehtiyoj va undan oqilona foydalanish maqsadida “Оldingdаn оqqаn suvning qаdri yоʻq” maqolidan sarlavha sifatida unumli foydalanilgan holda yozilgan maqola tahlilga tortilgan.

79-81 53 2
HID SEZGISI ORQALI NAMOYON BO‘LUVCHI TA’M SIFATLARIDA MAZMUNIY SINKRETIZM
Teshaboyeva Gulnoza Alimjanovna

Ushbu maqolada, tilshunoslikda hid sezgisining ta’m sezgisi bilan bog‘liq sifatdagi semantik sinkretizmni ifodalanishini yoritib berishini tadqiq qildik.

151-153 61 6
ONA TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ARTIONIMLARNI QO‘LLASH
Azamatova Odinaxon Obidovna

 Ona tili darslarida o‘quvchilarni san’atga xususan tasviriy san’atga bo‘lgan muhabbatlarini rasm hamda unga qo‘yilgan nom-artionim asosida o‘rgatish orqali oshirish.

215-219 14 1
TILNING LISONIY MA’NO UMUMLASHMASI
Kudratxodjayeva Nargis Akbarovna

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik masalalaridan hisoblangan, olamning til tasviri, uning o‘ziga xos xususiyatlari, til yordamida olamni konsepsiyalashtirish, tafakkur birligi va lisoniy ma’no umumlashmasi ko‘rib chiqilgan.

38-40 93 4
MARKAZDA LINGVISTIK MAYIN YASHTIRISH ORQALI MANSIYLIK- PERIFERYA YULDUZLARI
Urinbekov Jasurbek Jurabek ugli , Abdullayev Abdurashid Abdusattorovich

Ushbu maqolada markaziy-periferik hududlardagi ko‘p tilli
muhitda lingvistik joylashish orqali tegishlilik mavzusini ochib beradi. Diqqat
markazlashtirish-periferiklashtirish dinamikasida til amaliyotlari orqali qoloq va
chekka hududlardagi odamlar qanday qilib tegishlilik tuyg‘usini yaratishiga
qaratilgan. Maqola sotsiolingvistik tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib,
lingvistik haqiqatni ta'kidlab, belgi shakllarining beqaror o‘zaro ta'siri madaniy
mafkura vositasida amalga oshiriladi. Joy va mansublik tushunchalari
sotsiolingvistikada markaziy oʻrin tutgan, Tuanning fikri bu sohaga sezilarli taʼsir
koʻrsatgan. Maqolaning maqsadi tildan foydalanish orqali identifikatsiyalash
jarayonlarini tushunish uchun ushbu tushunchalarni yanada rivojlantirishdir.
Mansublik tuyg‘usi dinamik va ijtimoiy o‘zaro ta'sirlar va semiotik manbalar
tomonidan shakllantiriladi. Maqola periferiyani birinchi o‘ringa olib chiqish orqali
sotsiolingvistik tadqiqotlarni boyitishga intiladi.

105-111 66 3
INGLIZ TILIDАGI OʻTGАN ZАMОN FЕ’L SHАKLLАRINING PОLIFUNKSIОNАLLIGI
Gаniyеvа Dildоrахоn Аzizоvnа

Mаqоlаdа fе’lning grаmmаtik kаtеgоriyalаri, bu kаtеgоriyalаr hаqidаgi qаrаshlаr, fе’l zаmоnlаri, ingliz tilidаgi oʻtgаn zаmоn fе’llаri, ulаrning turlichа koʻrsаtkichlаri vа uning nutqdа nаmоyon boʻlishi hаqidа mа’lumоt bеrilаdi.

181-184 32 1
ARAB TILI FE’LLARNING I BOB SIFATDOSH SHAKLLARIGA XOS O‘ZLASHMALARI
Odiljonova Sarvinoz Xosilbek qizi, Umarov Adahamjon Abdusalomovich

Ushbu maqolada o‘zbek tilida qo‘llanilgan arabcha o‘zlashma so‘zlarning I bob fe’lining vazn(qolip)lardan hosil qilingan shakllar tahlil qilingan.

247-249 4 16
KOGNITIV METAFORA NAZARIYASI
Usmonova Zulxumor Nazarovna

Ushbu maqolada kognitiv lingvistika fanining paydo bo‘lishi, til hodisalariga kognitiv yondashuv, kognitiv metafora nazariyasi yoritilgan, shuningdek ushbu sohani o‘rgangan tilshunos olimlarning qarashlari qiyoslanib, ularning farqlari va ahamiyati bayon qilingan.

70-72 90 35
MEHR NURI YOGʻAR DOIM YUZINGIZDAN USTOZLAR, YURSAM DEYMAN BU TABARRUK IZINGIZDAN USTOZLAR!
Yuldashboyeva Sarvinozbonu Mashʼalbek qizi

Ushbu kunda qancha inson dunyoga kelgan boʻlishi mumkin? Yuzlab… minglab… hatto millionlab… Lekin ushbu ulugʻ kunda sanoqli kishilarning ismlari minbardan yangraydi. Butun ilm-fan ahli shu sanaga alohida tayyorgarlik bilan yigʻiladilar.

143-147 19 4
QADIMGI TURKIY TIL YODGORLIKLARIDA FONETIK O‘ZIGA XOSLIK
Allambergenova M.

Mazkur maqolada qadimgi yozma yodgorliklar, jumladan, O‘rxun-Enasoy obidalarining fonetik jihati haqida ma’lumotlar beriladi. Unli tovushlarning qo‘llanilishi va tovush tizimidagi fonetik o‘zgarishlar haqida so‘z boradi.

208-211 148 64
TASAVVUFDA TAGMA’NOLARNING LISONIY ASOSLARI
Rahimov Usmonjon Ergashevich

Tasavvuf tariqatining vakillari o‘z maqsadlari va niyatlarini ishoraviy ma’nolar orqali yuzaga chiqarganlar.  Shuning uchun yaqin-yaqin kunlarga qadar tasavvufdagi ishoraviy ma’nolarni tushunmay to‘g‘ri tadqiq qilib keldilar. Ana shu sababdan tasavvufdagi ishoraviy ma’nolar tagma’nolarni lisoniy tahlil qilish juda zarur.

32-34 86 3
KOGNITIV PARADIGMANING FIKRNI O'rganishga ta'siri
Niyazova Gulnorakhon Gulyamovna

Maqolada asosiy qoidalar muhokama qilinadi
tilshunoslikdagi kognitiv paradigma. E.V.Raxilinaning sa'y-harakatlari tahlil qilinadi.
A.P.Chudinova va E.S.Kubryakova terminologiya va vazifalarni taqqoslash bo'yicha
kognitiv yondashuv doirasidagi turli maktablar. Alohida e'tibor beriladi
dunyoning kontseptual rasmini shakllantirish mexanizmlarini o'rganish,
voqelikni kontseptuallashtirish jarayonlari va ob'ektivlashtirish usullari
tildagi tushunchalar. Maqsadli tadqiqotning ahamiyati
kognitiv paradigma doirasida turli yondashuvlar va maktablarni birlashtirish

99-104 100 5
SIYОSIY MАTNLАRDА PАREMIОLОGIK BIRLIKLАRNING QО‘LLАNISHI XUSUSIDА
Iskаndаrоvа Shаrifа Mаdаliyevnа, Yоkubbаyevа Umidа Аbduvаxоb qizi

Mаqоlаdа pаremiоlоgik birliklаr vа ulаrning о‘rgаnilishi, pаremаlаrning lingvоkulturоlоgik xususiyаtlаri, ulаrning muqоbilsiz leksikа sifаtidаgi о‘zigа xоs xususiyаtlаri tаhlillаr оrqаli оchib berilgаn. Siyоsiy mаtnlаrning mаzmun mundаrijаsidа mаqоllаrning tutgаn о‘rni, bаjаrаdigаn vаzifаsi hаqidа fikrlаr bаyоn etilgаn.

172-175 61 5
НЕКРОНИМЛАР СЕМАНТИК СТРУКТУРАСИНИНГ АЙРИМ ХУСУСИЯТЛАРИ
Кахаров Шухратбек Турсунович

ушбу мақолада ономастик типлардан ҳисобланган некронимларнинг семантик структурасига доир хусусиятлари Андижон вилояти ономастик бирликлари мисолида гуруҳларга ажратилган.

240-242 5 2
VIRTUAL MULOQOTNING FONETIK XUSUSIYATLARI
Isroilova Barchinoy Abdug‘appor qizi

maqolada virtual olam hamda unda kechayotgan lisoniy jarayonlarda unli va undosh fonemalarni qo‘llash bilan bog‘liq holatlar, emotsional, psixologik jihatlarning namoyon bo‘lishi haqida so‘z boradi.

61-65 136 5
ЎЗБЕК ТИЛИ ТАРИХИ УСТҚУРМАСИ
Қодиров Зиёиддин Мамадалиевич

Ўзбек тили тарихи, ҳеч шубҳасиз, ўзбек миллатининг тарихи билан чамбарчас боғланган. Абдулла Авлоний айтгандек: “Миллатнинг ҳаётини кўрсататурған ойнаи жаҳони тили ва адабиётидир”, “Миллий тилни йўқотмоқ – миллат руҳини йўқотмоқдир”.

133-138 7 4
IBORALAR EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA CHIQARUVCHI UNSUR SIFATIDA
Soliyeva Guliraʼno Abdulhay qizi

Maqolada iboralarning kontekstda emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi yetakchi unsurlardan biri ekanligi Erkin Vohidov she’rlari misolida asoslangan. Bundan tashqari ayrim so‘z birikmalarining qo‘shimcha munosabat ifodalashi xususida ham fikr yuritilgan.

201-203 34 9
Кыргыз адабиятын графикалык ыкмалар менен окутууда окуучуларда калыптануучу компетенциялар
Усарова Г.У. , Нурбекова М. А.

Бyл илимий изилдөөбүздүн aктyaлдyyлyгy кaтaры кыргыз
aдaбиятын грaфикaлык метoддoр менен oкyтyyдa cтyденттерде
кaлыптaнгaн негизги кoмпетенциялaрды тaлдoo, кыязы, кыргыз aдaбиятын
изилдөө жaнa тaлдoo үчүн грaфикaлык кaрaжaттaрды кoлдoнгoн oкyтyy
ыкмaлaрынa тиешелүү. Бyл ыкмa oкyyчyлaргa текcттерди, темaлaрды,
кaaрмaндaрды жaнa кыргыз aдaбиятынын бaшкa acпектилерин жaкшырaaк
түшүнүүгө жaнa тaлдooгo жaрдaм берүү үчүн грaфиктерди,
диaгрaммaлaрды, aкыл-кaртaлaрды, cхемaлaрды жaнa бaшкaлaрды түзүү
cыяктyy aр кaндaй ыкмaлaрды кaмтышы мүмкүн. Бyл метoддyн
aртыкчылыктaры мaaлымaтты визyaлизaциялooнy кaмтыйт, бyл
cтyденттерге мaтериaлды жaкшырaaк түшүнүүгө, негизги oйлoрдy
aныктooгo, aдaбий чыгaрмaлaрдын aр кaндaй элементтеринин oртocyндa
бaйлaныштaрды түзүүгө жaнa текcттерди тереңирээк тaлдoo жүргүзүүгө
жaрдaм берет.

264-270 5 1
XALQONA QASAMLARDA KINETIK VOSITALAR
Nabiyeva Diloro Abdulhamidovna, Nurmonova Sadoqat Doniyor qizi

Qasamyod nutqiy janrida verbal (so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar) va noverbal (imo-ishoralar, xatti-harakatlar) vositalari, maxsus vositalar (suv, non, muqaddas va muqaddaslashtirilgan narsa-buyumlar, muqaddas joylar va hokazolar)ning mavjudligi uning boshqa janrlardan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biridir.

27-28 73 5
NUTQ IDROKI VA UNING MUAMMOLARI
Habibullayeva Nafisa Sherali qizi , Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevich

Ushbu maqolada nutqni idrok etish jarayonida inson miyasida
kechadigan o‘zgarishlar va uzatilgan ovoz signallariga qaytariladigan javoblar kabi
masalalar tahlil qilingan. Qolaversa, nazariy qarashlar optik-akustik tadqiqotlarga
asoslangan holda tahlil qilingan.

92-95 43 5
TOBELOVCHI VOSITALARNING NUTQIY VOQELANISHIDA PRAGMATIK OMILLARNING O‘RNI
Ro‘ziyev Ismoil Isog‘ovich

Til yaxlit sistema bo‘lib, bu sistemadagi har bir til birligining nutqiy voqelanishi bevosita pragmatik omillar bilan bog‘liq. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi tobelovchi vositalarning nutqiy voqelanishida pragmatik omillarning ta’siri masalasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

163-166 27 1
ЯЗЫКОВЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЭТНОСОВ ПРОЖИВАЮЩИХ ПАМИРСКОЙ ДОЛИНЕ
Ташалиева Мукарам Мурзакуловна

Pomirlarning yuragi hind-evropa oilasining Sharqiy Eron bo'limiga mansub pomir tillari ritmida uradi. Shug‘non, vaxon, yozg‘ulom, ishqoshim, munjon va sariko‘l tillari grammatik tuzilishi va lug‘at tarkibiga o‘xshash bo‘lsa-da, ko‘plab shevalar bilan ifodalanadi, bu esa so‘zlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni ba’zan murakkablashtiradi. Sovet davrida yaratilgan kirill yozuvi keng qoʻllanilmaydi. Qirgʻiz tili: Ural oilasining turkiy boʻlimining qipchoq guruhiga mansub boʻlgan jarangdor qirgʻiz tili Qirgʻiziston Respublikasining rasmiy tili boʻlib, mintaqada keng tarqalgan. Qirgʻiz tilida muloqot kirill yozuvi yordamida amalga oshiriladi. Tojik tili: Hind-evropa oilasining eron guruhining gʻarbiy tarmogʻiga kiruvchi tojik tili Tojikiston Respublikasida rasmiy ravishda qoʻllaniladi va Pomirning gʻarbiy qismida keng tarqalgan. Fors-arab alifbosi yozuv uchun ishlatiladi. Boshqa tillar: Pomir tillari palitrasini bu yerga turli etnik guruhlar olib kelgan rus, oʻzbek, xitoy va boshqa tillar toʻldiradi. Bu tillarning mintaqaning lingvistik holatiga ta'siri ahamiyatsiz deb baholanadi.

227-232 159 1
SUD NUTQI VA UNING NING TARKIBIGA DOIR
Ismoilov Xurmatillo To‘lqinjon o‘g‘li

O‘zbek sud nutqi bo‘yicha amalga oshirilgan mavjud tadqiqotlar kuzatilsa, huquqshunoslarning izlanishlari talaygina ekani ko‘rinadi. Ayni ishlarda sud nutqini notiqlik san’atining tarkibiy qismi sifatida baholanadi. Huquqshunoslarning qimmatli tadqiqotlarini e’tirof etgan holda, ta’kidlashi zarurki, sud nutqining faqatgina huquqshunoslar nazari bilan notiqlik san’ati tarkibida baholanishi uning qator lingvistik jihatlari e’tibordan chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Bugun tilshunoslik ilmida nutqning birlamchi tadqiqot obyektiga aylangani va shaxs-nutq kesishmasida lisoniy va nolisoniy omillar qurshovidagi qator qimmatli xulosalarning jamlanayotganligi fikrimizni dalillaydi.


 

53-56 104 5
ҲАРОРАТ ИФОДАЛОВЧИ СИФАТЛАРДА МАЗМУНИЙ СИНКРЕТИЗМ
Тожиев Олимжон Мўйдинович

Ушбу мақолада ҳарорат ифодаловчи сифатларда таъм белгисини юзага чиқишида синестетик метафоранинг ўрни кўрсатилади.

126-129 65 1
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING MAVZUVIY GURUHLARI VA SEMANTIKASI
Tadjiyeva Umida

Maqollar, matallar, naql va iboralar yillar osha tildan tilga koʻchib millatning madaniy me’rosiga aylangan xalq ogʻzaki ijodi na’munalaridir. Ushbu maqollarda xalqning nafaqat tarixi, turmush tarzi, dunyoqarashi balki ularning gʻam-u tashvishlari, orzu oʻylari ham oʻz aksini topadi. Maqollar xalq dunyoqarashi, ruhiyatini chuqurroq anglashga imkon beruvchi milliy-madaniy birliklardir. Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarining mavzuviy guruhlari, semantikasi hamda strukturasi ko‘rsatib berilgan.

192-196 26 11
BOSHLANG‘ICH SINF OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLIGI TARKIBIGA KIRITILGAN TABIAT MAVZUSIDAGI SHE`RLAR TAHLILI
To‘raxojaeva Аdibaxon , Jalilova Sevinchbonu
Mazkur maqolada 4-sinf oʻqish savodxonligi darsligida 
keltirilgan tabiat mavzusidagi she‘rlar, ularning badiiy tahlili, o‘qitish metodikalari 
haqida ma‘lumot berilgan. 
257-259 27 6
КЫРГЫЗ АДАБИЯТЫНЫН СЫНЧЫЛ ЭСТЕТИКАСЫНЫН ӨНҮГҮШҮ
Исмаилова Бактыгүл Таштемировна

Аталган илимий макалада кыргыз адабият таануусу жана сынынын калыптануу, өнүгүү тарыхы боюнча сөз кылууга аракеттер жасалды. Кыргыз эли эзелтен көркөм сөз өнөрүнүн бай казынасына ээ болуп келген. Анын тутумунда ырым-жырым, эмгек ырларынан тартып, “Манас” сыяктуу алп эпоско чейин бар. Коомдук турмуштук тажрыйба, аӊ-сезимдин өнүгүп өсүүсү менен катар көркөм сөз да өз өмүрүн улам өнүктүрүп жүрүп отурат. Бардык өнүгүү сыяктуу эле сөз өнөрү да өз өнүгүүсүндө өзүн-өзү таанып билүүчүлүк аракеттерди кошо жаратып, көркөм сөздүн коомдо ээлеген орду, барк-баасы жөнүндөгү сынчыл ойломду өнүктүрүп өстүрдү.

15-20 95 3
AKUSTIK-MNESTIK AFAZIYAGA LINGVISTIK YONDASHUV
Akbarova Zuhro Akmaljanovna, Ziyoidinova Durdona Tursunali qizi

Maqola afaziya - bosh miyaning nutqqa javob beruvchi markazlari zararlanishi oqibatida nutqning qisman yoki butunlay yo‘qolishi, uning o‘rganilish tarixini yoritadi. Nutq yetishmovchiligining akustik-mnestik turi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar va bartaraf etishdagi lingvistik terapiya usullari haqida atroflicha so‘z boradi.

82-87 23 8
IJOBIY TILAKLARNING FUNKSIONAL SEMANTIK TABIATIGA OID AYRIM MULOHAZALAR
Sayfutdinova Durdona Pulatjonovna

Maqolada ijobiy tilak nutqiy janri so‘zlashuv nutqida turli nutqiy janrlar tarkibida kelishi, ularni mazmunan to‘ldirishi va boyitishi, shu bilan birga, o‘zbek xalqining duogo‘yligini ko‘rsatishi bilan bog‘liq milliy ruhni ifodalash funksiyalarini ham bajarishi haqida fikr yuritiladi.

155-158 19 12
RUS VA O'ZBEK TILILARINING DIPLOMATİK TERMINOLOGIYASINI SHAKLLANISHIGA MADANIY, TARIXI VA SIYOSIY OMILLARNING TA'SIRI.
Хасанов Илёсбек Иброхимжонович

Ushbu maqola rus va oʻzbek tillarida diplomatik terminologiyaning shakllanishiga madaniy, tarixiy va siyosiy omillarning taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan. Tahlil natijasida rus va oʻzbek tillarida diplomatik terminologiyani qoʻllashdagi baʼzi umumiy xususiyatlar va farqlar ajratib koʻrsatilgan boʻlib, bu madaniyatlararo kommunikatsiyalarni chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

219-222 31 1
САБР (БАҒРИКЕНГЛИК) МИЛЛИЙ МАДАНИЯТНИНГ ТАРКИБИЙ ҚИСМИ
Мирзаева Ш.З.

Ушбу мақолада бағрикенглик лингвистик тушунча сифатида ҳар бир миллатнинг маданиятининг бир қисми сифатида қаралди. Бағрикенглик тушунчасини лингвистик назарий асослари таҳлил этилди

41-46 67 1
TILSHUNOSLIK TARAQQIYOTIDA AN’ANAVIYLIK VA TIL O‘QITISH METODIKASI
Бекжан ӘБДУӘЛИҰЛЫ

Insoniyat har qanday narsa va hodisaga o'zi nom beradi
ma'lum bir so'z bilan, jumladan, tug'ilgan chaqaloqni taniydi. Va ismi a
shaxs va predmet, hodisa, tushunchaning o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Ushbu xususiyatlarni tahlil qilib, maqolada nominativ tamoyillar, belgilar va
otlarning kelib chiqish motivlariga umumiy xususiyatlar. Motivlar bilan bog'liq voqealar
Chunki xalq nomlarining kelib chiqishi og‘zaki adabiyotda ko‘p uchraydi. Masalan, in
ertaklar yoki qahramonlik qo'shiqlari, asosiy nomiga alohida e'tibor beriladi
belgilar. Ularning ismlari ular tug'ilishidan oldin ma'lum bo'ladi va ular vakili bo'ladi
noma'lumdan vahiy bo'ladigan ismlar, muqaddas kuch yoki ruhlar ustasi.
Shuningdek, insonning o'ziga xos xususiyatlariga qarab, muayyan hodisalar, ismlar
qo'yiladi. Ularning barchasi yangi nomlarni yaratish uchun asosiy motivlardir. Uning ba'zilari
elementlar bugungi kungacha saqlanib qolgan. Maqolada og'zaki materiallarga tayangan holda
adabiyotda motivlar o‘rtasidagi munosabatga alohida e’tibor beriladi
qozoq nomlarining kelib chiqishi va nomlash an’analari.

112-119 12 2
O‘ZBEK TEATRIDA ADABIY TIL ME’YORLARI
Xomidov Isfandiyor Kamoliddin oʻgʻli

Maqolaning asosini o‘zbek teatrida adabiy til me’yorlarining o‘rganilishi tashkil etib, sahnada qahramon tilidan yangrayotgan so‘zlarning shevadan holi, sof, aniq va tiniq, barcha uchun tushunarli ifoda etilishiga doir izlanishlarga qaratilgan. Maqolada aktyorning ijrosiga xizmat qiluvchi adabiy til me’yorlari xususidagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari keltirilgan.

185-188 79 4
ISMI ZAMON VA ISMI MAKONGA XOS ARABIZMLARNING "BOBURNOMA" ASARIDA QO‘LLANISHI
Mirzakomilova Rayhona, Umarov Adahamjon

Arab tilida ish-harakatning bajarilish o‘rni yoki paytini bildiruvchi so‘zlar o‘rin va payt nomlari (ism ul-makan va az-zaman) deyiladi. Bu ikki tushuncha arab tilida bir vazn asosida yasaladi va bir vaqtning o‘zida ham o‘rinni, ham paytni bildirib keladi. Ismi zamon va makon I bob fe’lining hozirgi-kelasi zamonidagi old qo‘shimcha ya harfi m harfi bilan almashtiriladi va oxirgi o‘zak undosh tanvin harakatini qabul qilishi bilan yasaladi.


 

250-253 16 4
TIL TADQIQIDA ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR: KOGNITIV TILSHUNOSLIK, PRAGMALINGVISTIKA, LINGVOKULTUROLOGIYA, SOTSIOLINGVISTIKA, LINGVOPOETIKA, PSIXOLINGVISTIKA
Sobirov Abdulhay Shukurovich

Maqolada bugungi global dunyoda o‘zbek tilining tutgan o‘rni, uning davlat tili sifatida mamlakatimiz va jahondagi nufuzi, bu boradagi rejalar va bajarishimiz lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

4-9 313 22
MUHAMMAD ALINING “BUYUK SALTANAT” ASARIDA PRAGMALINGVISTIK (PRESUPPOZITSIYA VA TAGMA’NO) VOSITALARNING QO‘LLANILISHI
Anvarova Zohida Akromjon qizi

Tilshunoslik tarixida inson nutqiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etib kelmoqda. Lisoniy ta’limot asosida inson nutqiy faoliyati yotadi. [1. 5] Tilshunoslikning yana bir ilmiy nazariy tarmog‘i pragmatika sanalib, inson ijtimoiy faoliyatini o‘zida aks ettirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat va nutq ishtirokchilarning kommunikativ niyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. Ushbu maqolada lingvistik pragmatikaning tarkibiy tushunchalardan biri bo‘lgan presuppozitsiya va tagma’no tushunchalari qiyosiy tahlili “Buyuk saltanat” asaridan olingan tarixiy-badiiy matn parchalari orqali ochib berilgan.

73-78 68 7
PROFESSOR V.G.GAKNING FONEMATIKAGA DOIR MEROSIDAN
Mirzayeva Dilzoda Fayzullayevna

Maqolada professor V.G.Gakning fonematikaga doir qarashlari, chunonchi, fransuz va rus tillarida fonemalarning soni, ularni bir-biridan farqlab turuvchi (differensial) belgilar, qiyoslanayotgan tillarda qo‘llanish darajasi (chastotasi), sintagmatik va pozitsion o‘zgarishlari haqida ma’lumot berilgan, o‘zbek tilida unlilar sonini uning tabiatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.

148-150 35 4
MAHMUD QOSHGʻARIYNING “DEVONI LUGʻOTIT TURK” ASARIDA BOLALAR O‘YINI
Rasulova Azizaxon Muydinovna, Madoripova Maftunaxon Tolibjon qizi

Berilgan maqolada bolalar o‘yinlari va ularning “Devoni lug‘otit turk” asarida keltirilishi, bu o‘yinlarning bolalar harakati va ruhiyatiga ta’siri haqida fikr yuritilgan.

212-214 8 4
LINGVOPOETIKANING AYRIM MASALALARI
Tursunova Odinaхон Азимжановна

Ushbu maqola fonopoetikaning ayrim masalalarini yoritishga bag‘ishlanadi.

35-37 33 3
MARKAZDA LINGVISTIK MAYIN YASHTIRISH ORQALI MANSIYLIK- PERIFERYA YULDUZLARI
Urinbekov Jasurbek Jurabek ugli, Abdullayev Abdurashid Abdusattorovich

Ushbu maqolada markaziy-periferik hududlardagi ko‘p tilli
muhitda lingvistik joylashish orqali tegishlilik mavzusini ochib beradi. Diqqat
markazlashtirish-periferiklashtirish dinamikasida til amaliyotlari orqali qoloq va
chekka hududlardagi odamlar qanday qilib tegishlilik tuyg‘usini yaratishiga
qaratilgan. Maqola sotsiolingvistik tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib,
lingvistik haqiqatni ta'kidlab, belgi shakllarining beqaror o‘zaro ta'siri madaniy
mafkura vositasida amalga oshiriladi. Joy va mansublik tushunchalari
sotsiolingvistikada markaziy oʻrin tutgan, Tuanning fikri bu sohaga sezilarli taʼsir
koʻrsatgan. Maqolaning maqsadi tildan foydalanish orqali identifikatsiyalash
jarayonlarini tushunish uchun ushbu tushunchalarni yanada rivojlantirishdir.
Mansublik tuyg‘usi dinamik va ijtimoiy o‘zaro ta'sirlar va semiotik manbalar
tomonidan shakllantiriladi. Maqola periferiyani birinchi o‘ringa olib chiqish orqali
sotsiolingvistik tadqiqotlarni boyitishga intiladi.

105-111 98 1
O‘ZBEKISTONDA TIL SIYOSATI VA UNING O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI RIVOJIGA IJOBIY TA’SIRI
Madvaliyev Abduvahob Pataxovich, Saidnomanov Akmalxo‘ja Komiljonovich

Maqolada davlatimizda til siyosati masalalari va uning o‘zbek tili lug‘atchiligiga ta’siri xususida so‘z boradi hamda bugungi kun lug‘atchiliklagi yutuqlar haqda fikr yuritilgan.

176-180 4 3
ARAB TILIDAN O‘ZLASHGAN FE’LLARNING II BOB MASDAR FORMALARI
Uzoqova Yulduzxon Dilshodbek qizi, Umarov Adahamjon Abdusalomovich

Ushbu maqolada o‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan fe’llarning II bob masdar shakllari semantikasi, qo‘llanilish qamrov doirasi tahlil qilingan. Badiiy matnlardan olingan misollar orqali yanada keng tadqiq qilingan.

243-246 51 4
O‘ZBEK TILI PAREMALARNING SHAKLLANISHIDA MADANIY OMILLAR (“BESHIK” KONSEPTI MISOLIDA)
Sog‘inboyeva Shahzoda Baxtiyorjon qizi, Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevich

 Ushbu maqolada beshik konseptining Qur’oni Karim tafsiri xalq maqollari, ertak va afsonalarda badiiy talqin qilinishi, g‘oyaviy an’analar haqida fikr yuritilgan.

66-69 38 5
TILSHUNOS OLIM A.NURMONOVNING SINTAKTIK BIRLIKLAR SEMANTIKASIGA OID TA’LIMOTLARINING AHAMIYATI
Xalilova Muyassarxon Tolipovna

Ushbu maqolada atoqli tilshunos olim A.Nurmonovning sintaktik birliklar, sodda va qo‘shma gaplarning mazmuniy tuzilishi va ularni shakllantiruvchi qismlar orasidagi semantik munosabat masalalarini talqin etishi barobarida sintaktik sath birliklarining mantiqiy-mazmuniy aloqadorliklari asosida yaratgan yangicha g‘oyalari hamda ushbu g‘oyalarning tilshunoslik taraqqiyotidagi ahamiyati talqin qilingan.

139-141 114 2
FITRATNING “OILA” ASARIDA FRAZЕOLOGIZMLARNING QO‘LLANISHI VA SЕMANTIK XUSUSIYATLARI
Nе’matova Dono Saidjalolovna

Maqolada Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asarida qo‘llangan frazеologizmning sеmantik xususiyatlari tahlil qilingan.

204-207 30 1