Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik madaniyatini shakllantirishda tasviriy san’at fanining ahamiyati muhokama qilingan. Boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan tasviriy san’at o‘quv fanining maqsad-vazifasi, tasviriy san’at o‘quvchilarda ma’naviy dunyoqarash, fikrlash qobilyati, ko‘rish xotirasi, ijodiy tasavvur, estetik hissiyotni o‘stirishda ushbu fanning amaliy hamda nazariy ahamiyati haqida fikrlar berib boriladi.