Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va veterinariya sohalarida biotexnologik
sanoatning ajoyib maxsuloti – fermentli preparatlardan foydalanib qo‘shimcha go‘sht va sut
yetishtirish mumkin. Ratsion tarkibiga qo‘shilgan ferment preparatlari tirik organizmga,
ayniqsa ular ancha yosh bo‘lganda, ozuqa moddalarining yaxshi hazm bo‘lishida yordam
beradi. Tadqiqotlar uchun hayvonlarni ovqat hazm qilishini yaxshilovchi, bakterial ichak
kasalliklarini oldini oluvchi va davolovchi, ozuqaning energetik qiymatini, samaradorligini
hamda ularning mahsuldorligini oshiruvchi mahalliy mikroorganizmlar asosida yaratilgan
probiotikli, fermentli va oqsilga boy, import o‘rnini bosuvchi mahalliy ozuqa yem
qo‘shimchasi tanlab olindi.