LAVANDA O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Yaqubova Mohimbonu Zohidjon qizi Andijon davlat universiteti
  • Ismoilov Ibroximjon Xakimjon oʻgʻli Andijon davlat universiteti

Kalit so‘zlar:

lavanda, botanik tasnif, efir yog‘i, bioaktiv modda, farmakologiya, dorivor o‘simlik, xalq tabobati, linalool, agrotexnika.

Abstrak

yarim buta o‘simlik bo‘lib, Lamiaceae (labguldoshlar) oilasiga mansub. Uning erta gullashi, kuchli efir yog‘i ajratishi va ekologik chidamliligi tufayli farmakologiya, kosmetologiya, parfyumeriya va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Tezisda lavandaning morfologik-strukturaviy xususiyatlari, botanik tasnifi, ekologik talablari va yetishtirish texnologiyalari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, uning asosiy bioaktiv komponentlari – linalool, linalil asetat va kamfora kabi moddalarning fiziologik ta’siri, yallig‘lanishga, infeksiyaga va stressga qarshi xossalari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Lavanda o‘simligi xalq tabobatida yurak-tomir kasalliklari, uyqusizlik, nevrozlar va teri kasalliklarida samarali foydalaniladi. Tadqiqot lavandaning dorivor xususiyatlarini to‘g‘ri baholash va uni mahalliy sharoitlarda madaniylashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.

References

G‘ulomov A., Hamidov F. Dorivor o‘simliklar. — Toshkent: O‘zbekiston, 2019.

Nurmatov D.N. Dorivor o‘simliklar florasi va ularning qo‘llanilishi. — Toshkent: Fan, 2020.

To‘xtayev M.T. Botanika asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

Karimova Z.A., Rasulova N.X. Farmakognoziya. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021.

Ibragimov R.X. va boshqalar. Fitoterapiya asoslari. — Toshkent: Medpress, 2017.

World Health Organization (WHO). Monographs on Selected Medicinal Plants, Volume 1–3. — Geneva, 1999–2007.

Downloads

Nashr qilingan

2025-06-24

How to Cite

LAVANDA O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(4.4), 237-239. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2794