QALAMPIR (CAPSICUM ANNUUM) MUNCHOQ MEVALARINING FIZIOLOGIK VA DORIVOR XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
Qalampir (Capsicum annuum), kapsaitsin, fiziologik faollik, dorivorlik, bioaktiv modda, antioksidant, flavonoidlar, xalq tabobati, o‘simlik fiziologiyasi, metabolik jarayonlar.Abstrak
Ushbu tezisda Capsicum annuum L. turiga mansub qalampir o‘simligining “munchoq” navidagi mevalarining fiziologik xususiyatlari va dorivor ahamiyati chuqur o‘rganiladi. Qalampir mevasining asosiy bioaktiv komponentlari – kapsaitsin, flavonoidlar, alkaloidlar, efir moylari va askorbin kislotasining o‘simlikdagi fiziologik jarayonlarga ta’siri, ularning sintezi, saqlanishi va o‘sish davrlaridagi o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Ayniqsa kapsaitsinning himoya mexanizmlarida, metabolizmda va stressga qarshi chidamlilikda tutgan o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Tezisda shuningdek, qalampir mevasining an’anaviy va zamonaviy tabobatda ishlatilish holatlari, ularning terapevtik, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va antimikrob xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida fiziologik faol moddalarning inson organizmiga ta’siri, ulardan oziq-ovqat, farmatsevtika va xalq tabobatida foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ushbu ish orqali qalampir munchoq mevalarining dorivor salohiyati hamda ularning fiziologik jarayonlardagi faolligini aniqlash orqali nafaqat agronomik, balki biotibbiyot sohalarida qo‘llanilish istiqbollari yoritib beriladi.
References
Nazarov N.N., Sharipova U. O‘simliklar fiziologiyasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.
Saidova G.M. O‘simliklarda metabolik jarayonlar. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019.
Abdurahmonov A. va boshqalar. O‘zbek xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.
Karimova D. Qalampir mevasining dorivor xususiyatlari va biokimyoviy tahlili. – Ilmiy izlanishlar jurnali, 2022, №4, 35–40-betlar.
Komilov J. O‘simlik fiziologiyasi va ekologik moslanishlari. – Toshkent: “Fan”, 2021.
Yo‘ldoshev I., Soliyeva G. Dorivor o‘simliklar va ularning farmakologik ahamiyati. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
Raxmatov B. Biologik faol moddalar va ularning o‘simliklardagi funksiyasi. – Toshkent: “Biologiya”, 2019.
Downloads
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Ismoilov Ibrohimjon Hakimjon o‘g'li, Sultanova Rohilaxon Nurillo qizi

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.