O‘ZBEKISTONNING TOG‘ HUDUDLARIDA ARCHA VA DO‘LANA O‘SIMLIKLARINING ASOSIY PATOGEN MIKROMITSETLARI

Mualliflar

  • Jo‘raqulov Jaxongir Jo‘raqul o‘g‘li Andijon davlat universiteti
  • Iminova Malika Mashrabovn Andijon davlat universiteti

Kalit so‘zlar:

Gymnosporangium, Diplodia, Monilinia, zang, diplodioz, fomoz, un-shudring

Abstrak

Mazkur maqolada O‘zbekistonning tog‘li hududlarida keng tarqalgan archa (Juniperus) va do‘lana (Crataegus) o‘simliklarida uchraydigan asosiy zamburug‘ kasalliklari va ularni keltirib chiqaruvchi patogenlar haqida ma’lumot berilgan. Xususan, archa o‘simligida aniqlangan zang (Gymnosporangium spp.), diplodioz (Diplodia juniperi), fomozi (Dothidella juniperi), mikroterium (Microthyrium juniperi) va do‘lanadagi un-shudring (Phyllosticta suffulta f. oxyacanthae), monilioz (Monilinia johnsonii) kabi kasalliklarning biologik xususiyatlari, tarqalish davrlari va ularning simptomlari yoritilgan. Tadqiqotlarda ayniqsa Gymnosporangium confusum turining O‘zbekiston tabiiy sharoitida yuqori virulentlik xususiyati va keng tarqalish areali aniqlangan. Ushbu patogenlar ikki turdagi xo‘jayin o‘simliklarda parazitlik qiladi: archa — asosiy xo‘jayin, do‘lana — oraliq xo‘jayin. Shuningdek, maqolada ushbu kasalliklarga qarshi kurash choralari, jumladan, agrotexnik va fungitsid asosidagi profilaktika usullari haqida ham tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari o‘rmon xo‘jaliklarida fitosanitar holatni yaxshilash, archa va do‘lana plantatsiyalarini saqlab qolish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

References

https://uz.wikipedia.org/wiki/Archazor.

Iminova, M.M., Mustafaev I.M., Islomiddinov Z.Sh., Ortiqov I.Z. Патогенная микобиота Арчи ( Juniperus L.) в Жиззакской области. Life Sciences and Agroculture 2.3-2020. 55-59. DOI: 10,24411/2181-0761/2020-10093.

Mustafayev I., Islomiddinov Z., Iminova M., Ortiqov I. (2021) Distribution of species of the genus Gymnosporangium (Pucciniales) in Uzbekistan. Ukrainian Botanical Journal, 78(1): 39–46. doi.org/10.15407/ ukrbotj78.01.039.

Hilber, U., Schüepp, H., Schwinn, F. J. (1990). Studies on infection biologyof Gymnosporangium fuscum DC. J. Plant Dis. Protect., 97 (3), 299–305; Dong, X.-L., Li, B.-H., Zhang, Z.-F., Li, B.-D., Xu, X.-M. (2006). Effect of environmental conditions on germination and survival of teliospores and basidiospores of the pear rust fungus (Gymnosporangium asiaticum). Eur. J. Plant Pathol., 115, 341–350.

Iminova M.M. va boshq. Surxondaryo viloyati boysun tumanidagi daraxt va butalarni zamburug‘ kasalliklaridan himoya qilish choralari – Toshkent, 2017 – 30 b.

Downloads

Nashr qilingan

2025-06-23

How to Cite

O‘ZBEKISTONNING TOG‘ HUDUDLARIDA ARCHA VA DO‘LANA O‘SIMLIKLARINING ASOSIY PATOGEN MIKROMITSETLARI. (2025). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(4.4), 314-317. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2820