RESOSIALIZATSIYA TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK TALQINI VA OGʻIR TARBIYALILIK MEZONLARI
Kalit so‘zlar:
resosializatsiya, og‘ir tarbiyalilik, pedagogik mezonlar, deviant xulq-atvor, huquqiy ong, ijtimoiy dezadaptatsiyaAbstrak
Makolada “resosializatsiya” tushunchasining ijtimoiy, psixologik va pedagogik jihatlari tizimli tahlil qilingan. Pedagogik nuqtai nazardan resosializatsiya shaxsning ijtimoiy moslashuv qobiliyatini, huquqiy ongini va me’yoriy xulq-atvorini qayta tiklashga qaratilgan maqsadli jarayon sifatida talqin etilgan. Og‘ir tarbiyalilik tushunchasiga mualliflik ta’rifi taklif etilib, uning to‘rt komponenti (kognitiv, affektiv, konativ, ijtimoiy-pedagogik) ajratilgan. Tadqiqotning amaliy vazifalarini bajarish uchun og‘ir tarbiyalilikning beshta amaliy pedagogik mezoni ishlab chiqilgan: Ichki ishlar organi profilaktika hisobida turish; o‘qishdan uzoqlashish (15+ kun); ma’muriy javobgarlikka tortilganlik (16 yoshdan); ota-ona nazoratining sustligi (mahalla xulosasi); radikal yoki destruktiv guruhlar bilan aloqadorlik (inspektor ma’lumoti). Ushbu mezonlarning validligi 15 nafar ekspert (pedagog-psixologlar, mahalla nozirlari, huquq inspektorlari) ishtirokidagi baholash orqali tasdiqlangan (Kendallning muvofiqlik koeffisiyenti W=0,82; p<0,01). Mezonlar asosida og‘ir tarbiyalilikning yengil, o‘rta va og‘ir darajalari ajratilgan. Makolada keltirilgan nazariy xulosalar og‘ir tarbiyali yoshlarni resosializatsiyalash metodikasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
UNESCO. Global Education Monitoring Report 2020: Inclusion and Education. – Paris: UNESCO Publishing, 2020. – 150 p.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2025 yil 14 fevral, PQ-62-son.
Bordovskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika: Uchebnik dlya vuzov. – SPb.: Piter, 2020. – 304 s.
Slastyonin V.A., Isayev I.F., Shiyanov Ye.N. Pedagogika: Uchebnik. – M.: Akademiya, 2015. – 576 s.
Rustamova M.X. Og‘ir tarbiyali o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik ishlar mazmunini takomillashtirish // Pedagogika (O‘zR FA). – 2024. – №2. – B. 45-52.
Abdullayeva S.S. Oilaviy tarbiyaning og‘ir tarbiyalilikni shakllantirishdagi roli // Xalq ta’limi. – 2023. – №4. – B. 56-63.
Shomaxmudova Sh.Sh. Yoshlarda radikalizmga qarshi immunitet shakllantirishning pedagogik asoslari // Yoshlar tarbiyasi. – 2024. – №1. – B. 67-75.
Braithwaite J. Reintegrative Shaming, Republicanism, and Policy // Restorative Justice and Civil Society / Ed. by H. Strang, J. Braithwaite. – Cambridge: Cambridge University Press, 2018. – P. 23-42.
Garland D. The Culture of Control: Crime and Social Order in Contemporary Society. – Oxford: Oxford University Press, 2012. – 312 p.
Cullen F.T. Rehabilitation: Beyond Nothing Works. – Washington: National Institute of Justice, 2013. – 189 p.
Mardaxayev L.V. Sosialnaya pedagogika: Uchebnik. – M.: Gardariki, 2018. – 269 s.
Myasiщyev V.N. Psixologiya otnosheniy: Izbrannыye psixologicheskiye trudы. – M.: Institut prakticheskoy psixologii, 1995. – 356 s.
Makarenko A.S. Pedagogik asarlar: 8 tomlik / O‘zbek tiliga tarjima. – Toshkent: O‘qituvchi, 1985. – T. 5. – 456 b.
Feldshteyn D.I. Psixologiya vospitaniya podrostka. – M.: Pedagogika, 1991. – 240 s.