Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta‘lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan.
"Hayot xavfsizligi" o'quv fanini o'qitishning uslubiy yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Vaziyatli masalalarni yechish, kichik guruhlarda ishlash, “aqliy hujum” usulidan foydalangan holda o‘quv faoliyatini va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning turli uslub va vositalari muhokama qilinadi.