INTEGRATIV YONDASHUV ORQALI QTTIQ JISIMLAR FIZIKASI VA KIMYOSINI O‘QITISHDA TALABALAR BILIMLARINI CHUQURLASHTIRISH.
Kalit so‘zlar:
Integrativ yondashuv, qattiq jismlar fizikasi, qattiq jismlar kimyosi, fanlararo bog‘liqlik, o‘quv samaradorligi, nazariy-amaliy integratsiyaAbstrak
Ushbu maqolada qattiq jismlar fizikasi va kimyosini o‘qitishda integrativ yondashuvning o‘rni, ahamiyati va samaradorligi ilmiy-nazariy hamda amaliy asosda o‘rganiladi. Ta’lim jarayonida fizik va kimyoviy tushunchalarni o‘zaro bog‘liq holda tushuntirish orqali talabalar bilimining chuqurlashishi, fanlararo tafakkurning shakllanishi va mavzularni yaxlit idrok etish darajasi oshishi mumkinligi asoslab beriladi.
Integrativ yondashuv orqali o‘qitiladigan darslarda nazariy tushunchalar real hayotdagi jarayonlar va amaliyot bilan bog‘lanadi, bu esa talabalar motivatsiyasini oshiradi va o‘quv materialining mustahkam o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda mavjud adabiyotlar tahlili, eksperimental mashg‘ulotlar, talaba fikrlari va taqqoslovchi tahlillar orqali integrativ yondashuvning afzalliklari aniqlangan.
References
Alimov, N. (2018). “Kimyo va fizika fanlarini integratsiyalashgan holda o‘qitishning pedagogik asoslari”. Ta’lim texnologiyalari.
Karimova, A. (2020). “Fanlararo integratsiyaning zamonaviy ta’limdagi roli”. Pedagogika va psixologiya jurnali.
Nasriddinova, G. (2021). “Qattiq jismlarning elektr xossalarini integrativ yondashuv asosida o‘qitish”. Oliy ta’lim muammolari.
Normurodov, T. (2019). Qattiq jismlar fizikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
Rahimova, M. (2022). “Integrativ yondashuvning talaba ongiga ta’siri”. Yangi O‘zbekiston ta’limi.
Downloads
Nashr qilingan
License
Copyright (c) 2025 Turаxujаyеv Аnvаrxujа Аbbаsxujа o‘g‘li

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.