KOVUL (Capparis spinosa l.) O‘SIMLIK MEVASIDAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHA TAYYORLASH VA UNING BIOKIMYOVIY TAHLILLARINI AMALGA OSHIRISH
Kalit so‘zlar:
Kovul, (Capparis spinosa L.), biologik faol moddalar, biokimyoviy tahlil, flavonoidlar,antioksidantlar.Abstrak
Ushbu ilmiy izlanishda Kovul (Capparis spinosa L.) o‘simligi mevasining kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari hamda ularning inson salomatligi uchun foydasi haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – kovul mevasidan tabiiy asosdagi biologik faol qo‘shimcha tayyorlash imkoniyatlarini o‘rganish, uning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va amaliy jihatdan foydali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida flavonoidlar, saponinlar va taninlarning miqdoriy tarkibi umumiy kimyoviy tahlil asosida o‘rganildi. Olingan natijalar bo‘yicha kovul mevasining yuqori antioksidant xususiyatga ega ekanligi isbotlandi.Ushbu komponentlar inson organizmini erkin radikallardan himoya qilish, immunitetni mustahkamlash va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
References
Karimova S., Qodirov A. O‘simlik biologiyasi va dorivor xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2021
Karimova, D., & To‘xtayeva, M. (2019). Fitokimyo asoslari va ekstraksiya usullari. Toshkent: TDPU.2019
Rahimov, A. (2022). Biokimyoviy tahlil usullari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti 2022
Ismoilov N., Tursunov Z. Fitoterapiya va biologik faol moddalar kimyosi. – Samarqand: SamDU, 2023.
Bekmuradova, G. Dorivor o‘simliklardan biologik faol moddalarni ajratish metodlari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2021.
Ismatullayeva, N. O‘simlik xom ashyosini tayyorlash va saqlash texnologiyasi. Samarqand: SamDU nashriyoti. 2020
Rahimov, A. Biokimyoviy tahlil usullari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti. 2022
“Capparis spinosa L. — oziq-ovqat mahsulotlari uchun funksional va oziqaviy komponent sifatida istiqbollari.” (Food Chemistry, Elsevier nashriyoti, 2023-yil, 425-jild).
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
License
Copyright (c) 2025 Baxtiyorova Xusnigul Madiyor qizi, Normatov Anvar Mirzaevich, Otajonov Asadjon Shonazar o‘g‘li

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.