OGʻIR TARBIYALI YOSHLARNI RESOSIALIZATSIYALASHDA HUQUQIY TARBIYANING MODUL METODIKASI

Mualliflar

  • Xayitov Jo‘rabek Jonpo‘lotovich O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Kalit so‘zlar:

modul metodika, huquqiy tarbiya, resosializatsiya, og‘ir tarbiyali yoshlar, huquqiy trening, rolli o‘yinlar, mahalla-inspektor sherikligi

Abstrak

Maqolada og‘ir tarbiyali 14–19 yoshli yoshlarni resosializatsiyalash uchun ishlab chiqilgan huquqiy tarbiyaning modul metodikasi bayon etilgan. Metodika to‘rt moduldan iborat: M1 – “Huquqiy trening” (kognitiv yondashuv), M2 – “Rolli o‘yinlar” (faoliqatli yondashuv va reintegrativ uyat konsepsiyasi), M3 – “Mehnat va vatanparvarlik” (qadriyatli yondashuv), M4 – “Mahalla-inspektor sherikligi” (ijtimoiy hamkorlik pedagogikasi). Har bir modulning pedagogik asoslari, maqsadi, sessiyalar soni, asosiy metodlari va mavzulari ochib berilgan. Metodikaning mazmuni va metodlari yosh guruhlariga (14–15, 16–17, 18–19 yosh) moslashtirilgan. Taklif etilgan metodikaning samaradorligi 95 asosiy respondent ishtirokidagi pedagogik eksperiment (pre-test – shakllantiruvchi bosqich – post-test) natijalari asosida statistik tahlil (juftlashtirilgan t-kriteriy, mustaqil t-kriteriy, Koen d) yordamida asoslangan. Makolada metodikani davlat dasturlari (“Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi”) bilan integratsiyalash imkoniyatlari ham ko‘rsatilgan

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi qarori, 2021 yil 18 yanvar, 23-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2025 yil 14 fevral, PQ-62-son.

Rustamova M.X. Og‘ir tarbiyali o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik ishlar mazmunini takomillashtirish // Pedagogika (O‘zR FA). – 2024. – №2. – B. 45-52.

Abdullayeva S.S. Oilaviy tarbiyaning og‘ir tarbiyalilikni shakllantirishdagi roli // Xalq ta’limi. – 2023. – №4. – B. 56-63.

Shomaxmudova Sh.Sh. Yoshlarda radikalizmga qarshi immunitet shakllantirishning pedagogik asoslari // Yoshlar tarbiyasi. – 2024. – №1. – B. 67-75.

Slastyonin V.A., Isayev I.F., Shiyanov Ye.N. Pedagogika: Uchebnik. – M.: Akademiya, 2015. – 576 s.

Braithwaite J. Crime, Shame and Reintegration. – Cambridge: Cambridge University Press, 1989 (2020 qayta nashr). – 226 p.

Garland D. The Culture of Control: Crime and Social Order in Contemporary Society. – Oxford: Oxford University Press, 2012. – 312 p.

Gmurman V.Ye. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017. – 480 b. (yoki: Snedecor G.W., Cochran W.G. Statistical Methods. – Iowa State University Press, 1989. – 503 p.)

Cohen J. Statistical Power Analysis for the Behavioral Sciences. – 2nd ed. – Hillsdale: Lawrence Erlbaum Associates, 1988. – 567 p.

SPSS Inc. SPSS Statistical Package for the Social Sciences, Version 26.0. – Chicago: SPSS Inc., 2019. – 450 p.

Nashr qilingan

2026-04-24

How to Cite

OGʻIR TARBIYALI YOSHLARNI RESOSIALIZATSIYALASHDA HUQUQIY TARBIYANING MODUL METODIKASI. (2026). Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 3(4), 36-41. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3981