Shaxs intellektual kamoloti samaradorligiga qaratilgan o‘quv tadqiqoti faoliyati bilan bog‘liq badiiy matnni tahlil qilish o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy qobiliyati, erkin fikrlashi, faolligi va mustaqilligini, bir so‘z bilan aytganda, kognitiv faolligini oshirishga xizmat qiladi. Kichik tadqiqotlar olib borish bolalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi, asosli javob topish jarayonida noto‘g‘ri vaziyatlarni xotirjamlik bilan hal etish qobiliyati, masalaga xolis munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantiradi. Natijada o‘quvchilarda masalaga nisbatan e’tiborli bo‘lish, aniqlik, murakkab vaziyatlarda voqealarni obyektiv baholash ko‘nikmalari va ijodkorlik sifatlari rivojlantiriladi. Maqolada mazkur jihatlar xususida so‘z yuritiladi.