Bugungi ta’lim sharoitida elektron ko‘rgazmalardan foydalanishning dolzarbligi, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy o‘qitish vositalariga ehtiyojning ortib borayotganligi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xalq og‘zaki ijodini o‘rgatishda 4K tamoyillariga e’tibor qaratish, ularda kolloborativlik, kommunikativlik, kreativlik, kritiklikni tarkib toptirishda elektron vositalarning ahamiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari haqida so‘z boradi.