Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy faoliyatida eruditsiyaning ahamiyati o‘rganilib, uni bo‘lajak o‘qituvchilarda rivojlantirishning turli metod va uslublarni taklif etilgan. Muallif o‘qituvchining fikrlash madaniyati, kasbiy malakasi va obru-e’tiborini shakllantirishda eruditsiyaning rolini tahlil qiladi. Maqolada turli xil pedagogik strategiyalar, jumladan, faol o‘qitish usullari, interfaol texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, maxsus adabiyotlarni o‘qish, o‘quv seminarlari va konferentsiyalarida qatnashish ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarda ta’lim sifatini oshirish va chuqur kasbiy tushunchani shakllantirishda eruditsiyani rivojlantirishga tizimli yondashish muhimligi ta’kidlangan.