Bugungi kunda biologiya fanining muammolaridan biri bo’lgan aholini sifatli va tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari, qayta tiklanuvchi yoqilg’i bilan ta’minlash maqsadida qator davlatlarda bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, biotexnologiyaning rivojlanishi insonlar hayotini yaxshilash uchun katta ahamiyat kasb etmoqda. Bir qancha olimlar tomonidan inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simliklarning yangi navi yaratilmoqda hamda ularni ko’paytirishning bir qancha usullari amalga oshirilmoqda. Bunday usullardan biri sifatida o’simliklarni in vitro sharoitida mikroklonal ko’paytirish ham muhim ro’l o’ynamoqda. Bu usul yordamida o’simlikning meristema hujayralari hisobiga yil davomida yangi o’simlik yaratish imkonini beradi. Bu usulda maxsus moddalar qatorida fitogormonlarning qatnashishi muhim ahamiyatga ega. O’simlik uchun juda ham oz miqdorda kerak bo’ladigan, lekin juda zarur jarayonlarni amalga oshiruvchi bu fitogormonlarga asosan abstsiz kislotasi, brassinosteroidlar, etilen, jasmonatlar, salitsil kislotasi, strigolaktonlar, auksin, sitokinin, gibberellin va bir qancha gormonlar kiradi. Ular o’simlikning ildizi, poyasi, bargi kabi organlarni hosil bo’lishida qatnashadi.