Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaga oid mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini rivojlantirish xususida so’z boradi. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari bu - o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyat usullari bo‘lib, bu faoliyat orqali yangi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarga erishiladi, kelgusida matematika faninig yuqori bosqichlari uchun kerakli bilim zahirasini to‘plash imkonini beradi. Beriladigan savollar o‘quvchilarning fikrlashini faollashtirish uchun ularni voqea-hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruhlashga, ular orasidagi bog‘lanishlarni izlashga undaydi. Buning uchun, masalaga muammo sifatida yondashish, muammoni qo‘yish, yetishmaydigan ma’lumotlarni izlash va ilmiy gipotezalarni shakllantirish, gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish kabi bosqichlarni amalga oshirish kerak. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarining bir necha turlari mavjud. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha: og‘zaki, ko‘rsatmali, amaliy metodlar bo‘lib, ularni dars jarayonida qo‘llashning qulay usullari tavsiya etilgan.